Kontent qismiga oʻtish

Monako (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Monako — Monako poytaxti. Oʻrta dengiz boʻyidagi Dengiz boʻyi Alp togʻlarining turtib chiqqan qoyali qismida joylashgan. Aholisi 2 ming kishi chamasida. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. M. — yirik okeanografiya markazi: ilmiy tadqiqot instituti, muzey, akvarium; Xalqaro gidrografiya byurosi ishlab turibdi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bogi, muzeylar, kutubxona bor. Meʼmoriy yodgorliklardan saroy (16— 19-asrlar), sobor va boshqa saqlangan. Turizm rivojlangan, kurort shahar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil