Kontent qismiga oʻtish

Lissabon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lissabon — Portugaliya poytaxti. Mamlakatning eng muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Eshtremadura tarixiy viloyati va Lissabon okrugining markazi. Atlantika okeani qirgʻogʻidan 15 km ichkarida. Teju daryosi estuariysi oʻng sohilidagi yirik port. Muxim temir yoʻl tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 678 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 2,5 mln. kishi). Iklimi subtropik okean iqlimi, yillik oʻrtacha temperatura 16°. Lissabonoʻrnida qadimda iberi qabilasining manzilgohi boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrda L.ni rimliklar, 6-asrda vestgotlar, 8-asrda arablar bosib olganlar (L.ning arabcha nomi AlOshbuni yoki Lishbuna). 1147-yildan Portugaliya qirolligi tarkibida. 1255—56 yillardan mamlakat poytaxti, 1581 — 1640-yillarda Ispaniya hukmronligi ostida boʻlgan. 1640-yilda Portugaliya mustaqilligi uchun boʻlgan qoʻzgʻolon markazi ga aylangan. 1755-yildagi halokatli zilziladan soʻng shahar butunlay qayta qurilgan. 1807—08 yillarda L.ni Napoleon askarlari bosib olgan.

Lissabonva shahar atrofida metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik va kema remonti, vagonsozlik, metall va elektrotexnika jihozlari ishlab chiqarish va boshqalar), kimyo (jumladan, sintetik kauchuk va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish) va metallsozlik, neftni qayta ishlash, oyna-shisha, chinni, yogʻochsozlik sanoatining koʻplab korxonalari mavjud. Xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan toʻqimachilik, tikuvchilik sanoatlari jadal rivojlandi. L.da yirik birlashmalarning boshqaruv organlari, savdo firmalari, yirik banklar, chet el kompaniyalari vakolatxo-nalari joylashgan.

Lissabonxalqaro turizmning yirik markazlaridan. Balneologik kurort va dam olish zonalari va uning atrofida meʼmoriy yodgorliklari koʻp: San-Jorji qalʼasi (14-asr), Jeronium monastiri (1502—20), qirol saroyi (16-asrda tiklangan) va boshqa

L.da universitet, Katolik universiteti, Fanlar akademiyasi, Harbin akademiya, Milliy musika akademiyasi, nafis sanʼat maktabi, ilmiy tadqiqot muassasalari, muzeylar, teatrlar, kartinalar galereyasi, botanika bogʻi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil