BBC News, O'zbek - Bosh sahifa
Bosh maqola
Qozog‘istondagi samolyot qulashiga Rossiya-Ukraina urushining ta’siri bormi?
Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida qulagan samolyot halokatiga nima sabab bo‘lgani borasida turli farazlar yangramoqda. Halokatga Rossiya-Ukraina urushi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Hindiston musulmonlarini vahimaga solayotgan mahkama
Hindiston Oliy sudi 1947 yilda mamlakat mustaqillikka erishgan paytda mavjud bo‘lgan diniy obidalarning xususiyati va o‘ziga xosligini saqlashni nazarda tutuvchi qonunga qarshi bir qator arizalarni ko‘rib chiqmoqda.
Bu qiziq: Nega shved ayollari ishni tashlab, uyda o‘tirishini istamoqda?
Shvetsiya gender tengligini himoya qilish bo‘yicha global obro‘ga ega, shunday ekan, nima uchun yosh ayollar o‘rtasida ishdan ketish ijtimoiy tarmoqda olqishlar bilan kutib olinadigan trendga aylanmoqda?
Toshkent ayollar uchun qanchalik xavfsiz? – jinsiy tazyiq, ijtimoiy kamsitish va maishiy zo‘ravonliklar haqida
“Shilqimlik va yomon ko‘z bilan qarashlar hali ham tez-tez bo‘lib turadi. Lekin bular haqida endi gapirmayman,” deydi Malika opa. “Erim noto‘g‘ri tushunadi, begona erkakning oldida nima qilib yurganding, deydi”. Toshkent ayollar uchun qanchalik xavfsiz shahar?
"Rojdestvo terrori": Rossiya bayram kunida Ukraina bo‘ylab yirik raketa va dron hujumi uyushtirdi. Tafsilotlar
Rojdestvo tongida Rossiya Ukrainaning bir qancha hududlarini 70 dan ortiq raketa va 100 dan ziyod dron bilan o‘qqa tutgan. Ukraina rasmiylari energetika infratuzilmasi asosiy nishon bo‘lganini aytmoqda. Oqibatda, mamlakatdagi ko‘plab manzillar qorong‘ilik va sovuqda qolgan.
Sarhisob: O‘zbekiston 2024 yilda – Yil qanday o‘tdi? (Video)
2024 yil O‘zbekiston va uning xalqi uchun taraqqiyot, yutuqlar, qiyinchiliklar va orzu-umidlarga boy kechdi. BBC o‘tayotgan yilda o‘zbekistonliklar nimalarga guvoh bo‘lgani va nimalarni boshdan kechirganiga nazar tashladi.
Maxfiy amaliyot: Mossad xodimlari Hizbulloh ratsiya va peyjerlari qanday portlatib yuborilgani haqida gapirib berdi
Mossadning ikki xodimi CBS telekanali bilan intervyuda Hizbulloh jangarilarining ratsiya va peyjerlari qanday portlatib yuborilganini so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Hizbulloh a’zolari ratsiyalarni – ichida portlovchi modda borligidan bexabar – 10 yil davomida ishlatib yurgan.
Suriyada endi hayot qanday o‘zgaradi – Idlibda buni ko‘rish mumkin
Suriya shimoli-g‘arbidagi chekka hudud bo‘lmish Idlibga olib boradigan yo‘lda hamon eski front chizig‘i izlari ko‘zga tashlanadi: xandaqlar, tashlab ketilgan harbiy mavqelar, raketa snaryadlari va o‘q-dorilar.
O‘zbekistonlik migrant sevgilisini o‘ldirib, chamadonga joyladi, migrantlar ustidan shikoyatni tergov qo‘mitasi nazoratga oldi, muhojirlar asossiz shubha ostidami?
Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilgan muhojir sevgilisini o‘ldirib, jasadni chamadonga solgan va o‘zi O‘zbekistonga ketib yuborgan. Mitishi shahrida migrantlar jinsiy tegajoqlik qildi, degan qiz ishini Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari o‘z nazoratiga oldi.
O‘zbekiston
Mintaqa
Faqat bizda
Dunyo
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Muharrir tanlovi
O‘zbekiston energiya inqirozidan chiqdimi?
Bu qish O‘zbekistonda gaz ham chiroq ham o‘chmaydi, demoqda rasmiylar. Mirziyoyev vazirga uzluksiz va cheklovlarsiz energiya bilan ta’minlash shartini qo‘ydi.
Suriyalik mujohiddan isyonchi siyosatchiga qadar: Jo‘loniy kim?(Video)
Qanday qilib "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi yetakchisi Jo‘loniy jihodchi rahbardan Bashar al-Asadni hokimiyatdan ag‘darilishiga olib kelgan isyonchi siyosatchiga aylandi?
O‘zbekiston: Tibbiyotda sun’iy aqlni rivojlantirayotgan dasturchi qiz
O‘zbekistonlik IT mutaxassisi Dildoraxon G‘anieva tibbiyotda tashxis qo‘yishni osonlashtirishga mo‘ljallangan startap ustida ishlayapti. Uning nomi – Aortavision. To‘rt yildan beri O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ishlab kelayotgan Dildoraxonga ko‘ra, sun’iy aql tibbiyotda keskin burilishlar qilish salohiyatiga ega.
Yaqin o‘tmish: Putin “Ukraina oynasi”ga qarab qo‘rqib ketdi – u ko‘zguda nima ko‘rgan edi?
2004 yildagi Ukrainadagi Zarg‘aldoq inqilobi Moskva va Kiev munosabatlarining ortga qaytmas nuqtalaridan biriga aylandi. Yigirma yil o‘tib, voqealarning bevosita ishtirokchilari ham, chetdan kuzatuvchilar ham bunga ishonch hosil qildilar. Biroq, Ukrainaning birinchi Maydoni Rossiyaning ichki siyosatini ham belgilab berdi – aynan o‘shanda prezident Vladimir Putin “zarg‘aldoq tahdid”ga ishondi.
BBC surishtiruvi: Xo‘rlangan, kaltaklangan va 650 kilo kunlik norma – Shinjonda uyg‘urlar qiynoq ostida tergan pomidorlar Yevropaga qanday kelib qoldi? - Video
BBC o‘tkazgan surishtiruv Yevropa supermarketlarida sotilgan tomat pastalari, aslida, Shinjonda uyg‘urlarga majburan terdirilgan pomidorlardan tayyorlangan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Suriya: O‘zbek jangarilari ham qayta kuchaydimi? Video
Sanoqli kunlarning o‘zida yana Rossiyaning faol harbiy aralashuviga sabab bo‘lgan va Suriyaning ikkinchi yirik shahri Halabning isyonchilar qo‘liga o‘tishiga olib kelgan qaqshatqich janglar O‘zbek jangari guruhlarining taqdiriga oid savollarni qayta kun tartibiga olib chiqdi. Asosan O‘zbeklardan tashkil topgani aytiluvchi “Tavhid va Jihod” hamda “Imom Buxoriy” katibasi o‘z vaqtida Suriyadagi bugungi janglar markazida turgan “Hay’at Tahrir ash-Shom”ning ittifoqchilari va qo‘llovchilari sifatida ko‘rilishgan. Ular bugun “Hay’at Tahrir ash-Shom” bilan bir safda jang qilayotgan bo‘lishi mumkinmi?
Putinning "jonli muloqot"i: Ukraina, Suriya, iqtisod, migrantlar va ko‘plab boshqa savollar
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin an’anaviy katta matbuot anjumani bilan birgalikda “jonli muloqot”ini o‘tkazyapti. Putin ikkinchi yildirki shu shakldagi tadbirda qatnashmoqda. Tashkilotchilarning aytishicha, rossiyaliklar Putinga 2 millionga yaqin savollar yo‘llashgan.
BBC O‘zbek TV Dasturi
Afg‘oniston uchun O‘zbek tilida TV dastur