Kontent qismiga oʻtish

Yunon-rum kurashi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yunon-rum kurashi — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Yunon-rum kurashik. musobaqalari diametri 9 m (oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg vazn toifasida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 min.dan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sek. Yunon-rum kurashik.da erkin kurashdan farqli ravishda raqiblarning oyoq qismidan ushlab usullar bajarishiga ruxsat etilmaydi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3 va 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniklanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1,2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokor qaroriga qoʻra olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi. qadimiy koʻp xalqlarning milliy kurash turlarida zamonaviy Yunon-rum kurashik.da qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (qarang Kurash). Misrdagi mil. av. 260 yillarga oid yodgorlik toshlaridagi suratlarda hozirgi Yunon-rum kurashik. usulida olishayotgan polvonlar aks ettirilgan. Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil. av. 708 yildan boshlab Yunon-rum kurashik.ga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Rimda mil. av. 284 yildan Yunon-rum kurashik.ni eslatadigan musobaqalar oʻtkazilgan. Yunon-rum kurashik.ning zamonaviy qoidalari 19-asr boshlarida Fransiyada ishlab chiqilgan va shu qoidalar asosida Parijda 1848 yilda ochilgan kurash zalida musobaqalar tashkil qilish anʼanaga aylangan. Unda Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan polvonlar ham ishtirok etishgan. Yunon-rum kurashik. musobaqalari 1896 yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan va oʻsha yildan Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi taklifiga koʻra, rasman Yunon-rum kurashik. deb atala boshlangan. Yunon-rum kurashik. boʻyicha 1904 yildan professional (1950 yildan havaskor) kurashchilar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Yunon-rum kurashik. va erkin kurash turlarini rivojlantirish maqsadida 1912 yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (GʻPA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992 yildan) aʼzo (2004).

Oʻzbekistonda Yunon-rum kurashik. 19-asrning oxirlaridan ommalashgan. Bunda sirkda tashkil etilgan bellashuvlar muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda yetishib chiqqan Ahmad polvon shunday musobaqalarda ishtirok etgan. Yunon-rum kurashik. qoidalarining milliy qurash qoidalariga bir qadar oʻxshashligi bu sport turining mamlakatda tez rivojlanishga zamin yaratdi. Lev Turin, German Sandler, Rifat va Abdulmajid Ablayev kabi murabbiylar rahbarligida Yuriy Zelenin, Hamid Vohidov, Rustam Kazakov, Komil Fatkulin, Asliddin Xudoyberdiyev, Dilshod Oripov, Aleksandr Dokturishivili singari Yunon-rum kurashik. ustalari olimpiada oʻyinlari, jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Mamlakatdagi 487 ta sport maktabi va toʻgarakda 191 murabbiy qoʻl ostida 5028 kishi Yunon-rum kurashik. bilan shugʻullanadi (2004).


  • Kerimov F., Sport kurashi nazariyasi va usuliyati, T., 2001; Dimov Ya., Bratstvo palvanov, M., 2004.