Kontent qismiga oʻtish

Nester Tverdoxleb

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nester Maksimovich Tverdoxleb
Tavalludi 1911-yil 23-fevral
Fyodorov (tuman, Qoʻstanay viloyati) Qoʻstanay (viloyat)  Qozogʻiston
Vafoti 1981-yil 29-sentabr
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1942-1945
Unvoni RKKA 1941 collar small OR5 mladshy serzhant
Jang/urush Ulugʻ Vatan urushi
Mukofotlari Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni

Nester Maksimovich Tverdoxleb (1911-yil 23-fevral, Toʻrgʻay viloyati (Rossiya imperiyasi), Uspenovka Qoʻstanay tumani – 1981-yil 29-sentyabr, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – Qizil Armiya kichik serjanti. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, 2-darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz ordeni va Shuhrat ordenining sohibi. Urushdan oldin va keyin traktorchi boʻlib ishlagan.

Nester Tverdoxleb 1911-yil 23-fevralda Uspenovka qishlogʻida (hozirgi Qozogʻiston, Qostanay viloyati, Fedorovskiy tumani) dehqon oilasida tugʻilgan. U ukrainalik edi. Toʻrtinchi sinfni tugatgandan soʻng, traktorchi boʻlib ishlaydi[1].

1942-yil fevraldan Qizil Armiyada xizmatda boʻlgan. Keyin shu yilning may oyida frontga yuboriladi. 1944-yil boshida Nester Maksimovich 463-alohida sapyor batalonida (110-piyoda diviziyasi) sapyor boʻlib xizmat qilgan[1].

Tverdoxleb 1944-yil 21-fevraldan 22-fevralga oʻtar kechasi oddiy Selets qishlogʻi (Belarus, Mogilev viloyati, Bixovskiy tumani) yaqinida Dnepr orqali oʻtishni boshqargan. Oʻsha yilning 28-fevralida xuddi shu hudud yaqinida dushmanning 37 ta minasini aniqlagan. 1944-yil 10-martda 3-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[1]. .

1944-yil 28-iyunda Zatishye qishlogʻi yaqinida (hozirgi Mogilev viloyati, Belarusiya) Nester Maksimovich Dnepr boʻylab oʻtish joyini tashkil etishda qatnashib, 1289-piyoda polkining olgʻa yurishiga hissa qoʻshgan. 26-iyundan 20-iyulgacha Nester Tverdoxleb dushman tomonidan qoʻyilgan 275 ta minalarni olib tashlagab, zararsizlantiradi. U Krasniy Bogatyr qishlogʻi (hozirgi Gomel viloyati, Belarusiya) yaqinidagi jangda 17 nemis askarini oʻldirgan va toʻrt askarni asirga olgan. Buning uchun 1944-yil 25-avgustda Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan[2].

1944-yil 10-mayda Usushek qishlogʻi yaqinida (Mogilev viloyati, Chausskiy tumani) Tverdoxleb oʻz askarlari bilan birga dushman toʻsiqlaridan oʻn besh metrlik oʻtishib, 25 ta dushman minasini zararsizlantirishgan. 1944-yil 4-iyunda u 2-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi[1].

Otryad komandiri, kichik serjant Nester Tverdoxleb 1945-yil 5-maydan 9-maygacha boʻlgan davrda Kaliningrad shahri yaqinida minalangan maydonlar va simli toʻsiqlar orqali oltita oʻtishni amalga oshiradi. Unda 200 dan ortiq minalar orasidan 40 mina zararsizlantirilgan. Piyodalarga hamrohlik qilib, birinchi boʻlib dushman xandaqiga kiradi. 7 nafar nemis askarini yoʻq qilingan va 6 nafar askar asirga olingan. 1945-yil 29-iyunda 1-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanib, „Shuhrat“ ordenining toʻliq sohibiga aylanadi[1].

Nester Tverdoxleb yashagan qishloqning koʻchalaridan biri uning sharafiga nomlangan[1].

Nestor Maksimovich quyidagi mukofotlarga sazovor boʻlgan[1]:

  • bir qator medallar.
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Министерство обороны Российской Федерации. Твердохлеб“. 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  2. „Твердохлеб Нестер Максимович“ (ru). Герои страны. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.