Kontent qismiga oʻtish

Gomel viloyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gomel viloyatiBelarus tarkibidagi viloyat. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-sharqida. Maydon 40,4 ming km2. Aholisi 1674 ming kishi, asosan belaruslar; shuningdek, rus, ukrain, yahudiy, polyak va boshqalar ham yashaydi. 21 tumanga boʻlingan; 17 shahar, 17 shaharcha bor. Markazi – Gomel shahri.

Yer yuzasi tekislik. Gʻarbida Pripyat Polesyesi (120–140 m), sharqida Dneprboʻyi pasttekisligi (100– 130 m) bor. Foydali kazilmalari: neft, toshtuz va kaliy tuzi, torf, boʻr, gil, qum. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 7°, –5,5°, iyulniki 18,5°–19°. Yiliga 550–650 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190–200 kun. Daryolari: Dnepr va uning irmoqlari (Berezina, Pripyat, Soj). Eng yirik koʻli – Chervonoye. Tuprok,lari kuchsiz podzollashgan qumli va torf-botqoqli, sharqida qumoq va qumloq tuproq. Hududining 41% ga yaqini oʻrmon, 12% botqoqlik, oʻtloq koʻp.

Viloyatda yirik energetika bazasi (torf, gaz, neft) tashkil etilgan. Gomelda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, stanoksozlik, torf mashinasozligi, dvigatellar, podshipniklar, oʻlchov priborlari, elektrotexnika va boshqalar zavodlar, Mozirda melioratsiya mashinalari zavodi, "Mozirkabel", metall quyish-mexanika zavodlari, Rechitsa metall buyumlar zavodi bor. Viloyatda kimyo sanoati barpo etilgan. Oʻrmon, yogʻochsozlik va qogʻoz sanoatlari rivojlangan. Mebel fabrikalari (Mozir, Yelsk, Jlobin, Kalinkovichi, Rogachyov, Vasilevichi), yogʻoch-sozlik kombinatlari (Gomel, Mozir), faner-mebel (Rechitsa), faner-gugurt (Gomel), sellyuloza-qogʻoz (Dobrush) va sellyuloza-karton (Svetlogorsk) kombinatlari, Gomel yaqinida (Kostyukovka) mamlakatda yirik oyna zdi bor. Yengil sanoat asosan mahalliy xom ashyoda ishlaydi. Donli ekinlar, texnika ekinlari ekiladi, bogʻ va mevazorlar bor. Chorvachilik sut, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Temir yoʻl asosiy transport turi. Avtomobil yoʻllari muhim hisoblanadi. Dnepr, Pripyat, Soj, Berezina daryolarida kema qatnaydi. Drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, 6 muzey bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil