Muborak Yunusxoʻjayeva
Muborak Yunusxoʻjayeva | |
---|---|
Tavalludi |
20.12.1933 Bishkek, Qirgʼiziston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | tarix |
Mukofotlari | „El-yurt hurmati“ ordeni Mehnat faxriysi |
Muborak Yuldashevna Yunusxoʻjayeva — (1933-yil, 20-dekabr, Bishkek, Qirgʼiziston SSR, SSSR) — Tarix fanlari nomzodi (1964). O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muborak Yunusxoʻjayeva 1933-yil 20-dekabrda Bishkek shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Tarix fanlari nomzodi (1964). U 1957-yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti Sharqshunoslik fakultetini tugatgan. U mehnat faoliyati davomida 1958—1969-yillar OʻzR FA Sharqshunoslik boʻlimida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, 1969—1971-yillar OʻzR FA Sharqshunoslik boʻlimida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, 1969—1971-yillar Kobuldagi Politexnika universitetida tarjimon, 1971—1992-yillar OʻzR FA Sharqshunoslik boʻlim boshligʻi muovini, 1992—1995-yillar Toshkent shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 1995—2000-yillar Toshkent shahar Mahalla jamgʻarmasi raisi oʻrinbosari, 2000—2019-yillar Faol ayollar guruhi raisi oʻrinbosari, 2019-yildan buyon respublika „Nuroniy“ jamgʻarmasining „Buvijon“ maktabi raisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muborak Yunusxoʻjayeva 12 ta risola, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola, „Toshkent-kelajagi buyuk davlat poytaxti“ (hammualliflikda, 1990), „Mustaqil Oʻzbekiston buvijonlarining oila va jamiyatdagi oʻrni“ (2018) kabi kitoblar muallifi hisoblanadi. Muborak Yunusxoʻjayeva ijtimoiy hayotda faol boʻlib, maktab, universitet, mahalla va viloyatlarda yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik mavzularida maʼruzalar olib bormoqda. Hayotda u oʻz xalqi, yurtida xizmat qilishni, yoshlar tarbiyasiga mas’ul ekanlikni oʻz vazifasi deb biladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muborak Yunusxoʻjayeva xizmatlari uchun 1992-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni, 1999-yil „El-yurt hurmati“ ordeni, 2018-yil „Mehnat faxriysi“, „Mahalla jonkuyari“ koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.
- ↑ „Oʻzbekiston ayollari“ kitob-albomning taqdimoti
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |