Kontent qismiga oʻtish

Marengo jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marengo jangi
Italiya yurishlari va Fransiyaga qarshi Ikkinchi koalitsiya urushi
Lejeune - Bataille de Marengo.jpg
Sanalar 14-iyun 1800-yil
Urush yeri Marengo, Alessandria, Italiya
Natija Fransiya g'alabasi
Raqiblar
Fransiya Avstriya
Qoʻmondonlar
Napoleon Bonapart
Lyudovik Desaix
Lyudovik-Aleksandr Bertier
Jan Lannes
Fransua Kellerman
Mishel fon Melas
Karl Otto fon Batorkez
Kuchlar
22,000 askar, 15 toʻp 30,000 askar 100 toʻp
Yoʻqotishlar
1,100 halok boʻlgan
3,600 yaralangan
900 asirga tushgan[1][2]
6,000 halok boʻlgan
8,000 asirga tushgan[1][3]

Marengo jangi — 1800-yil 14-iyunda Fransiya respublikasi Birinchi konsuli Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qoʻshinlari va Avstriya qoʻshinlari oʻrtasida Italiyaning Pyemont viloyatidagi Alessandriya shahri yaqinida boʻlib oʻtgan jang. Kun oxiriga yaqin fransuzlar general Mishel fon Melasning kutilmagan hujumini yengib, avstriyaliklarni Italiyadan quvib chiqaradilar va Napoleon Bonapartning Birinchi konsul sifatida Parijdagi siyosiy mavqeini mustahkamlaydilar[4].

1800-yil aprel oyi oʻrtalarida Avstriyaning Genuya tomon yurishidan sarosimaga tushgan N. Bonapart may oyining oʻrtalarida shoshilinch ravishda oʻz qoʻshinini Alp togʻlari ustidan olib oʻtadi va 2-iyunda Milanga yetib keldi. 9-iyun kuni Montebello yaqinida Po daryosini kesib oʻtib, Avtrsiya feldmarshali Karl Otto fon Batorkezni magʻlub etib, general Melasning pozitsiyasini kesib oʻtgach, fransuzlar Alessandriyada toʻplangan Avstriya armiyasiga hujum qildi. N. Bonapart shimol va janubga katta kuchlarni yubordi, ammo avstriyaliklar 14-iyun kuni general Lyudovik Aleksandr Bertiyer boshchiligidagi asosiy fransuz armiyasiga qarshi kutilmagan hujumni boshladilar[5].

Dastlab, Marengo qishlogʻi yaqinidagi Fontanon oqimi boʻylab ularning ikkita hujumi qaytarildi va general Jan Lannes fransuz pozistsiyasini mustahkamladi. General Desaixning yordamga yetib kelishi fransuz pozitsiyasini barqarorlashtirgan, chunki 9-yengil piyodalar polki Avstriyaning asosiy armiyasi yurishini kechiktirdi va fransuz armiyasining qolgan qismini Kascina Grossa shimolida toʻplanishiga imkon berdi. Taʼqib etayotgan avstriyalik qoʻshinlar yetib kelganda, mushket va artilleriya boʻlinmasi general Fransua Kellerman boshchiligida avstriyaliklarga zarba berdi, bu Avstriya qoʻshinlarini Alessandriaga tartibsiz holda chekinishga olib keldi. Avstriyaliklar jangda mag;lub etildi, ammo fransuz generali Desaix ham halok boʻldi. Napoelon qoʻshinlarining Marengodagi gʻalabasi fransuzlarning Italiya shimolida mustahkamlanib olishiga imkon berdi[5].

  1. 1,0 1,1 Benoît, p. 122
  2. Chandler, David G.. The Campaigns of Napoleon, New York, 1966, ISBN 0-02-523660-1, p. 296, gives: 25 % total casualties.
  3. Chandler, David G.. The Campaigns of Napoleon, New York, 1966, ISBN 0-02-523660-1, p. 296, gives: 15 colours, 40 guns, 8,000 captured and 6,000 killed. Asprey, Robert. The Rise of Napoleon Bonaparte, Basic Books, 2001, ISBN 0-465-04881-1, p. 387, gives: 6,000 killed or wounded and another 6,000 captured; 15 flags, 40 cannon.
  4. Hollins, Encyclopedia, pp. 605-606
  5. 5,0 5,1 Hollins, Encyclopedia, p. 606