David Oystrax
David Fyodorovich Oystrax [1908.17(30). 9, Odessa - 1974.24.10, Amsterdam; Moskvada dafn etilgan] — skripkachi, pedagog , dirijyor; zamonaviy rus skripka ijrochilik maktabi asoschilaridan. London (1959), Boston, Rim, Berlin (1961) sanʼat va musiqa akademiyalari faxriy aʼzosi, Kembrij universiteti prof. (1969). Odessa musiqali drama institutini tugatgan (1926). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1932—34 va 1941-yildan), Moskva konservatoriyasida dotsent (1934-yildan), prof. (1939-yildan), kafedra mudiri (1950-yildan). Uslubiga mukammal ijro mahorati, teran mazmun, badiiy-goyaviy ravshanlik xosdir. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz hamda zamonaviy skripka asarlari oʻrin olgan. Chet el mamlakatlari, xususan, Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan. Bir nechta xalqaro tanlovlar gʻolibi (Leningrad, Varshava, 1935; Bryussel 1937). Oʻgʻli — Igor O. (1931) ham mashhur skripkachi va dirijyor. Rossiya xalq artista (1986). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1958-yildan).[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |