zindon
Qiyofa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]zin-don
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash][ fors. – turma, qamoqxona; bandixona ]
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 tar. Amir va xonlar zamonida yer ostiga qurilgan zax va qorongʻi qamoqxona. ◆ Zulm zindondan yomon. Maqol. . ◆ Mahbuslarga toʻlib zindonlar, Adolat deb toʻkildi qonlar. E. Rahim, „Yangi qadam.“
2 koʻchma Azob-uqubat makoni; azobxona, gʻurbatxona. ◆ Xuroson olimlar uchun zindon [dedi Badia]. Mirmuhsin, „Meʼmor.“ ◆ Hech maslahat chiqmadi, Er va xotin bemador: Boʻlgan edi keng dunyo Bular uchun zindon, tor. Gʻayratiy. ◆ Gulandom dutorni olib sozlarkan, dedi: Dutor boʻlmasa, bu zindonda yuragim yorilib ular edim. Oybek, „Tanlangan asarlar.“
- Koʻcha xandon, uy zindon Koʻchada oʻynab-kulib yuruvchi, uyda gʻazabini sochuvchi odam haqida. ◆ [Nafisa] Bunday qarasa, qizi Surayyoning tili "qaqa", "shokolad"ga kelib, pildirab yurib ham ketdiki. ◆ Aʼzam dimogʻidan tushmaydi, yuzingda kuzing bormi, demaydi. Kucha xandon, uy zindon. Shuhrat, „Jannat qidirganlar.“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЗИНДОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.