Kontent qismiga oʻtish

ravish

Vikilug‘atdan olingan

Qoraqalpoqcha (kar)

Pak qiz

Ot

ravish

Qrim-tatarcha (crh)

Ot

ravish (koʻplik ravishlar)

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ra-vish

Aytilishi

Etimologiyasi

RAVISH Bu ot tojikcha rav payt ravishiga (q.) -shi qoʻshimchasini (ТжРС, 543) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'biror jarayonning roʻyobga chikish taxliti' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 610). Oʻzbek tilshunosligida bu ot bilan turkum ham nomlangan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

[f. — yurish, raftor; hara-

kat tarzi; usul, uslub] 1 Ish-harakat, voqea-hodisa, jarayon va shu kabilarning borishidagi oʻziga xos xususiyat; yurish-turish tarzi. ◆ Sekretar havoning ravishini, noz va qiliqlarini oldindan sezishga intilar edi. Oybek, „O“ . v. shabadalar. ◆ Har necha pok, porso ravish boʻl-sangham, oʻzingni tarif qilmagilki, hech kishi sening guvohligingni eshitmas. Gazetadan .

2 Usul, tarz, yoʻsin, shakl. ◆ Bazi yangi-likdan soʻng, u pultda joylashgan sariq rangdagi tugmani bosib qoʻyardi — ular bir oz oʻtmay yozma ravishda yetib kelishi kerak. O. Moʻminov, „Xiyobondagi uch uchrashuv“ . ◆ Sharq gʻazaliyotida goʻzallik oʻziga xos ravishda ta-rannum etiladi. Gʻ. Salomov, „Tarjima naza-riyasi“ . ◆ Boʻlayotgan gaplar biron joyda yozma ravishda qayd qilinmasin. S. Ahmad, „Yulduz“ .

3 tlsh. Ish-harakatning belgisini, pay-tini, oʻrnini, holatini, daraja va miqdo-rini bildiradigan soʻz turkumi. ◆ Oʻrin-payt ravishi. Holat ravishi.

Sinonimlari

Antonimlari

РАВИШ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ra-vish

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Tillar