payt
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]payt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Biror ish, voqea-hodisa sodir boʻlgan yoki boʻladigan vaqt, fursat, on. ◆ Tush payti. Uq otilgan payt. m Tongotar pay-tida Azizxon Qoʻshariq guzariga yetib kel-di. S. Ahmad, Ufq. ◆ Choy paytida Maqsuda onasiga koʻnglini bir oz ochishga jurʼat qil-di. S. Zunnunova, „Olov“ .
2 Muayyan sharoit bilan bogʻliq boʻlgan davr, zamon. ◆ [Zargarov:] Jonim. Payt nozik, xotin-qizlar masalasi chirsillab turibdi — bekorga nobud boʻlib ketaman. A. Qahhor, „Ogʻ-riq tishlar“ . ◆ Yana jazo otryadining koʻziga qon toʻlib, kimga tegishini bilmay turgan nozik paytda bir kor-hol boʻlmasin deyman. Tagʻin oʻzingiz bilasiz.. K. Yashin, „Hamza“ .
3 Biror ishni amalga oshirish uchun qulay vaqt, fursat, imkoniyat. ◆ Payt top-mox. Paytni qoʻldan bermoq. Payt kelganda aytmoq. n ◆ Men payt poylab qochishni moʻl-jallab borardim. H. Ahmar, Kim haq? ◆ Oʻzi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugo-nalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib oʻynay olarmikan! Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
- Payt ravishi tlsh. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiruvchi ravish: ilgari, hozir, keyin kabi. Payt ergash ran Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisalarning yuzaga kelish paytini (vaq-tini) bildiruvchi ergash ran. Bir kupi koʻcha-da ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti. A. Qahhor, Asarlar. Payt holi Ish-harakatning roʻy berish vaqtini bildiruvchi hol. Haydar ota bir kupi Ultarmaga bo-rib, tegirmondan xabar oldi. A. Qaqhor, As-ror bobo.
Sinonimlari
[tahrirlash]fursat, vaqt, on
Antonimlari
[tahrirlash]ПАЙТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.