Kontent qismiga oʻtish

betkay

Vikilug‘atdan olingan

Qoraqalpoqcha (kar)

[tahrirlash]

Pak qiz

betkay

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bet-kay

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

BETKAY ’quyosh nuri tushib turadigan’, ’kungay’. Bu xonaning derazalari kunga b ye t k a y boʻlgani uchun yozda isib ketadi. Bu sifat ’yuz’ maʼnosini anglatuvchi bet soʻzining 'sirt', 'yuza tomon' maʼnosidan -käy qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 122; OʻXSHL, 51): bet + käy = betkäy.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Tog‘ning janubiy qismi: ◆ Togʻlarning kun tushmas – shimol tomoni terskay, kun boʻyi kun tushar – janub tomoni betkay deyiladi. Bizda esa togʻoldi, togʻ orqasi deb yozib kelinmoqda. maʼlumot.ru, „Til – oʻzagimizning, oʻzligimizning, oʻziga bekligimizning bosh belgisi“
  2. Narsaning kuzatuvchiga yoki biror narsaga qaragan old qismi, sirt tomoni.◆  Kun\ga\ betkay joyda boʻlgani, adir shabadasiga koʻndalang turgani uchun bu yer doimo qaqrab yotadi. I. Rahim, Hayot bu-loqlari.◆  Oʻtov tikilgan kenglik quyoshga betkay boʻlgani uchunmi, oʻt-oʻlanlar yaxshi unib, yer betini qoʼshgan. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar.◆  Shamol tekkan giyohlarning astari kumush rangga kirar, shamol tegmagan betkayi tiniq yashil tusda qimirlamay turardi. S. Ahmad, Jimjitlik.
  3. shv. ayn. bet: ◆  Kucha betkayida boʻladigan har kungi ochiq olashovur bozorlar yoʻq. F. Gʻulom.◆  Hovli betkayiga qator-qator stol-lar, kursshshr qoʻyilgan. "Sharq yulduzi".

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БЕТКАЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

betkay (koʻplik betkaylar)

OʻTIL

betkay
1
обращенный лицевой стороной к чему-либо; ◆ kun betkay imorat строение, обращенное окнами на солнечную сторону;
2 обл. берег.