dev
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
dev
Aytilishi
Etimologiyasi
DEV Bu ot ПРСda [div] shaklida choʻziq i tovushi bilan (234), ТжРСda dev shaklida (125), OʻKAAQLda ham dev shaklqsa yozilgan (88); demak, oʻzbek
84
tiliga tojik tilidsh i shakli bilan olingan boʻlib, 'juda kuchli, bahaybat odam qiyofasida tasavvur qilinadigan xayoliy maxluq' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 217).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
f. دیو — jin, iblis; yovuz, zolim
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 mif. Ertak va xalq dostonlarida shoxli, dumli, benihoyat ulkan odam qiyofasida tasavvur etiladigan, ezgulikka qarshi ku-rashuvchi xayoliy maxluq, yovuzlik timsoli. ◆ Usgan yurtin toza aniq bildingmi, Soʻyla, xonim, devu jinni koʻrdingmi? "Murodxon" .
- Chinor tagida bir supa ustida qirqta dev uxlab yotibdi. "Ertaklar". ◆ Devni oʻldirib boʻlmaydi, deyishadi, shu rostmi ? Uning qoni toʻkilsa, har tomchisidan ming dev paydo boʻlaveradi, deyishadi. Shu rostmi? Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
2 koʻchma Davangirday, beoʻxshov, qoʻpol gavdali. ◆ [Qizingizni] Erga bermay, devga berdingiz. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ .o. ◆ Polvon ketidan Matyoz dev ham “Polvon ogʻadan qolishmay ”, deb oʻz kuchiga yarasha ishlangan katta gʻa/ztak aravani itarib borardi. J. Sharipov, „Xorazm“ .
- Sulaymon oʻldi — devlar qutuldi Qat-tiqqoʻl kishi ketib, \amma istaganini qila olishiga — oʻzboshimchalikka imkoniyat tu-gʻilishi (mifga koʻra, Sulaymon paygʻambar oʻzboshimcha devlarni bandga solib qoʻygan, Sulaymonning vafotidan soʻng ular erkin nafas olganlar). ◆ ..Nega hammang ish qilmay, bekor oʻtiribsanlar? Sulaymon oʻlib, devlar qutulibdi-da! Hamza, „Boy ila xizmatchi“ .
3 koʻchma Dahshat; qoʻrqinch; salobat. ◆ Tesha-boyning yuragida bosh koʻtargan gumon devi Toʻraxonning.. oʻpkalaridan keyin yota qoldi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Makrning, muno-fiqlikning devi hamma fazilatlarini oʻz komiga tortibdi. Oybek, „Navoiy“ .
4 koʻchma Katta, ulkan; bahaybat.
Sinonimlari
Antonimlari
ДЕВ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Ruscha ru
dev
1 миф. див (демоническое существо в облике исполина с рогами, персонаж народных сказок и мифов); ◆ Sulaymon oʻldi, ~lar qutuldi погов. Сулейман умер, дивы освободились (говорится, когда кто-л. перестаёт быть помехой для чьих-л. действий);
2 перен. великан, исполин; верзила; // громадный, исполинский, гигантский; ◆ Qizingizni erga bermay, ~ga berdingiz (М. Исмоилий, «Фарѓона т. о.») Вы выдали свою дочь замуж за страшилище; ◆ ~ qomat огромного роста; // великан, исполин; ◆ ~dek как див; громадный, исполинский; ◆ ~ qadam огромные шаги; ◆ ~ qomat 1) богатырского сложения, рослый; исполин; 2) огромный, громадный.
dev
- dev