Kontent qismiga oʻtish

Zulmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zulmi - hind jangari dramasi boʻlib, rejissyor Kuku Kohli tomonidan 1999-yil 16-aprelda chiqarilgan. Unda Akshay Kumar va Twinkle Khanna rol oʻynagan.

Balraj Dutt Baba Thakurning qoʻriqchisi boʻladi, Thakur vafot etayotgan paytda Balrajga nabirasi Niholga gʻamxoʻrlik qilishi va himoya qilishi haqida vaʼda beradi.

Yillar oʻtib, Raj Malxotra va uning singlisi restoranda ovqatlanishadi, biroz vaqt oʻtib ularga nomaʼlum odam hujum qiladi. Bu shaxs Rajning singlisiga zoʻravonlik qilmoqchi boʻladi ammo qiz oʻz joniga qasd qiladi.

Bu voqeadan azob chekayotgan Raj shunga oʻxshash voqeaning guvohi boʻladi va bu qizni zoʻravonlardan qutqaradi. Bu voqeaning tasodifan guvohi boʻlib qolgan Balraj Rajni qizi Komalga tansoqchi qilib yollaydi. Komal dastlab Rajni yoqtirmaydi va uni ishdan boʻshatishga qayta-qayta urinib koʻradi, lekin Raj uning hayotini hujumdan qutqarib qolgach, asta-sekin uni yoqtira boshlaydi. Raj maʼlum vaqt oʻtib Niholni singlisini haqorat qilgan shaxsligini bilib qoladi va vaziyat murakkablashadi. Endi Raj Niholni oʻldirish harakatiga tushadi.

Film qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Akshay Kumar Raj Malxotra rolida
  • Twinkle Khanna Komal Dutt rolida
  • Amrish Puri Balraj Dutt rolida
  • Aruna Irani Sumitra Dutt rolida
  • Zoravar Dalip Tahil rolida
  • Deep Dhillon Baxtavar rolida
  • Arun Bakshi inspektor Vikram rolida
  • Dara Singx Baba Thakur rolida
  • Milind Gunaji Nihal Thakur rolida
  • Rakxi Malxotra Pooja Malxotra rolida
  • Ghanshyam Rohera uchuvchi rolida
Zulmi
Dilip Sen-Sameer Sen
R. D. Burman saundtreki
Chiqarilgan sanasi 1999-yil 20-yanvar
Janr soundtrack
Leybl T-Series

Musiqani Dilip Sen-Sameer Sen va RD Burman bastalagan, soʻzlarini esa Gulshan Bawra yozgan.

  • 01 – „Teri Badmashiyan Aur Meri“ – Asha Bhosle va Udit Narayan
  • 02 – „Bhool Se Humne Bhool Ki“ (Baxtli) – Kumar Sanu va Asha Bhosle
  • 03 – „Shalu Ya Sheela“ – Amit Kumar
  • 04 – „Mere Liye to Fit Hai Tu“ – Amit Kumar va Asha Bhosle
  • 05 – „Sapne Mein Aake Loot Gaya“ – Asha Bhosle * Musiqa: RD Burman
  • 06 – „Zulmi Toone Zulm Kiya“ – Asha Bhosle
  • 07 – „Bhool Se Humne Bhool Ki“ (Gʻamgin) – Asha Bhosle
  • 08 – „Bhool Se Humne Bhool Ki“ – Instrumental

Deccan Herald tanqidchisi shunday deb yozgan edi: „Shov-shuv odatda sifatga teskari proportsionaldir. Bu film ushbu gapning yaqqol isboti. Hech qanday daʼvo belgilari yoʻq. Hech qanday makr, hiyla yoʻq. Film oddiy va toʻgʻridan-toʻgʻri syujetga ega“ [1][2].

  1. „Reviews“. Deccan Herald (1999-yil 18-aprel). 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  2. Verma. „Hot jodis that fizzle!“. Rediff.com (2004-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]