Zeekr X
Zeekr X | |
---|---|
Zeekr X | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Zeekr |
Boshqa nomlari | xitoycha: 极氪 X |
Model yili | 2023-yil |
Zavod(lar) | XXR |
Tasnifi | |
Sinfi | Sport avtomobili |
Segment | C |
Platformasi | SEA[1] |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli |
1 ta dvigatel 272 ot k. (bazaviy model) 2 ta dvigatel 428 ot k. |
Tezlanishi | 3.7 sek. |
Yuqori tezligi |
185 km/s (bazaviy model) 190 km/s |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2,750 mm (108.3 in)[2] |
Uzunligi | 4,450 mm (175.2 in) |
Kengligi | 1,836 mm (72.3 in) |
Balandligi | 1,572 mm (61.9 in) |
Vazni |
1840 kg (bazaviy model) 1945 kg |
Eksteryer | |
Kuzov turi | Hetchbek (Hatchback) |
Eshiklar soni | 5 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Smart #3 Volvo XC40 Recharge Tesla Model Y |
Zeekr X — Xitoyning Geely Automobile kompaniyasining subbrendi boʻlmish Zeekr tomonidan ishlab chiqariladigan va besh eshikli elektr sport avtomobili[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Zeekr“ nomining dastlabki ikki harfi "zero emission" soʻzining bosh harflaridan olingan boʻlib, uchinchi harfda esa elektr evolyutsiyasi davri (Electric-Evolution-Era) xabari shifrlangan va oxirgi „kr“ harflari kimyoviy element boʻlmish kriptonning belgisidir. Kripton rangi, taʼmi va hidi boʻlmagan gaz, bu nom yunon tilidan „yashirin“ yoki „maxfiy“ deb tarjima qilingan[3].
Zeekr X Geely SEA platformasida qurilgan boʻlib, bu kabi platformasi boshqa koʻplab brendlar Polestar, Volvo va Smart avtomobillarida ham qoʻllangan. . Uzunligi 4,45 metr va gʻildirak bazasi 2,75 metr boʻlgan Zeekr X oʻlchamlari boʻyicha Smart #3 bilan deyarli bir xil. Volvo XC40 Recharge va Tesla Model Y oʻlchamlari boʻyicha juda oʻxshashdir. Avtomobil Tesla Model Y ning asosiy raqobatchisi bo;lishi kutilmoqda[1]
-
Orqa ko'rinish
-
Ichki
TK
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeekr X ning bazaviy modeli orqa gʻildiraklari tortuvchi 272 ot kuchiga ega elektomotor bilan jihozlangan. Ogʻirligi 1840 kg ni tashkil qiladi. Avtomobil 185 km/s tezlikkacha harakatlanadi[4]
Elektromobilning gʻildiraklari toʻliq tortuvchi versiyasida old gʻldiraklarida 156 ot kuchiga ega elektr dvigatel oʻrnatilgan boʻlib, orqa gʻldiraklarga oʻrnatilgan dvigatellar bilan qoʻshganda umumiy quvvati 428 ot kuchiga teng. Ushbu versiyasininv ogʻirligi 1945 kg. Yuqori tezligi 190 km/soat. Akkumlyator quvvati 66 kVt/s ni tashkil qiladi. 100 km/s tezlikka 3,7 soniyada erisha oladi. Bir quvvatlanishda 560 km masofagacha yura oladi[2].
Batareya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeekr X SEA platformasida qurilganligi sababli, u Smart #1 va Smart #3 bilan bir xil batareya va motorlarga ega. 66 kVt/soat quvvatga ega akkumlyator Geely kompaniyasiga tegishli boʻlgan VREMT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Batareya CLTC koʻrsatkichlari boʻyicha 560 km gacha boʻlgan masofani bosib oʻta oladi[1].
Interyeri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki saloni Tesla avtomobillaridagi kabi boʻsh emas. Ranglar va egri chiziqlarning oʻylangan tanlovi bilan Zeekr X ning ichki qismi juda yoqimli qilib ishlangan. Asboblar paneli eshiklar bilan uygʻunlashadi va asboblar panelining yuqori qismi old oyna ostiga koʻchirilib, chiroyli pogʻonali dizayn yaratilgan. Shuningdek, 14,6 dyuymli markaziy ekran mavjud boʻlib, u avtomatik ravishda markazdan yoʻlovchi tomonga qarab harakatlana oladi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „ZEEKR X: ЭЛЕКТРИЧЕСКИЙ ВНЕДОРОЖНИК ЛЮКС КЛАССА С ЗАПАСОМ ХОДА 560 КМ“ (ru). natoke.ru. Qaraldi: 27-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Представлен недорогой современный электромобиль Zeekr X, который выйдет в Европе“ (ru). ixbt.com. Qaraldi: 27-oktyabr.
- ↑ Игорь Владимирский. „Представлен электромобиль Zeekr 001: все характеристики“ (ru). autoreview.ru. Qaraldi: 27-oktyabr.
- ↑ Владимирский, Игорь „Новый кроссовер Zeekr X удивил интерьерными решениями“ (ru). autoreview.ru. Qaraldi: 27-oktyabr.