Zaysan soyligi
Qiyofa
Zaysan soyligi - Qozogʻiston Respublikasidagi soylik, shimolida Janubiy Oltoy, janubida Tarbagʻatoy va Saur tizmalari oraligʻida. 3. s. tubining balandligi togʻlar etagida 370 m (Zaysan koʻli)dan 900—1000 m gacha. Yer yuzasi kaynozoy koʻl va dare balchiklari va qumdan tuzilgan. Ondasonda soylik tekisliklaridan qoldiq togʻ massivlari koʻtarilib turadi. Janubiy Oltoy va Tarbagʻatoydan oqib tushuvchi daryolar suvi sugʻorishga sarflanib, Zaysan koʻliga yetib bormaydi, faqatgina Qora Irtish quyiladi. Soylikda chala choʻl landshafti boʻlib, asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Kora Irtish deltasida toʻqayzorlar bor. [1]