Kontent qismiga oʻtish

Yoʻldoshlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoʻldoshlilar, yuksak sutemizuvchilar (Euteria, yaʼni Placentalia) — sut emizuvchilar kenja sinfi. Haqiqiy yoʻldoshi bor; xaltasi boʻlmaydi. Embrioni bachadonda rivojlanadi. Birmuncha rivojlangan, yaʼni mustaqil sut ema oladigan bola tugʻadi. Tishlari 2 xil (sut va doimiy tishlar) boʻlib, 2-marta almashinadi. Bosh miya katta yarim sharlari yaxshi rivojlangan, soʻgal tana orqali oʻzaro birlashgan. 18 ta: hasharotxoʻrlar, junqanot-lilar, qulqanotlilar, primatlar, chalatishlilar, pangolinalar, tovush-qonsimonlar, kemiruvchilar, kitsimonlar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, nayburunlilar, hartumlilar, damanlar, sirenlar, soʻgaloyoqlilar (baʼzan juft tuyoklilarga kiritiladi), toqtuyoqlilar, jufttuyoqlilar turkumi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil