Yoʻldoshbay Turgʻunov
Yoʻldoshbay Turgʻunov(1901-yil Oʻsh tumani Dehqon-qishloq qishlogʻida tavallud topgan — 1978-yil Oʻsh viloyati Qora-Suv tumani Qizil-Shark qishlogʻida vafot etgan) — paxtakor, Qora-Suv tumanidagi „Qizil-Sharq“ (keyingi oʻrinlarda Tashirov nomidagi) kolxozining brigadiri. Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1948).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻldoshbay Turgʻunov 1886-yilda O‘sh tumani hozirgi Qora-suv tumani Dehqon-qishloq qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek.1930-yilda birinchilardan bo‘lib kolxozga aʼzo bo‘lib, uni tashkiliy jihatdan mustahkamlashda faol ishtirok etgan.1936—1965-yillarda Qora-Suv tumanidagi „Qizil-Sharq“ (keyinchalik Tashirov nomidagi) kolxozida paxtachilik brigadasi brigadiri boʻlib ishlagan[1]. 1947-yilda Yo‘ldoshbay Turg‘unov brigadasi 6 gektar maydonning har gektaridan o‘rtacha 89,2 sentnerdan paxta xomashyosi olgan. Bu mamlakat uchun rekord koʻrsatkich boʻlgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 26-martdagi farmoni bilan Yoʻldoshbay Turgʻunov Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali shuningdek Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni,Shon-sharaf belgisi ordeni,Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[2].
Yoʻldoshbay Turgʻunov 1965-yilgacha kasaba uyushma ahamiyatidagi shaxsiy pensiya olguncha kolxozda ishlagan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻldoshbay Turgʻunov 1978-yilda Qora-suv tumani Qizil-Sharq qishlog‘ida vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1951-yil 20-martda Sotsialistik Mehnat Qahramoni ordeni
- Lenin ordeni
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- Shon-sharaf belgisi ordeni
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qirgʻiziston. Uluttuk ensiklopediyasi: Boshki nashri. Asanov Y. A., B.: Mamlekettik til jana borboru ensiklopediyasi, Bishkek
- Borbugulov M., Oʻsh viloyatlari ensiklopediyasi, Frunze 1989.
- Qoʻllar ostida. Juraeva B. J. Atoqli O‘zbeklar Qirg‘izistona, 336 bet, „Rizvon“ O‘sh shahri haqida „Qirg‘iziston ravnaqi yo‘lida“ ensiklopedik nashri, 2017-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yuldashbay Turgunov (Wayback Machine saytida 2017-08-02 sanasida arxivlangan)
- Geroi Sotstruda — Sotsialisttik emgektin baatirlari
- Gazeta „Sovettik Kirgizstan“ ot 17 noyabrya 1957 goda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Юлдашбай Тургунов“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
- ↑ Geroi Sotstruda — Sotsialisttik emgektin baatirlari (Wayback Machine saytida 2017-06-24 sanasida arxivlangan)