Xentog‘ to‘garakboshi
Xentog‘ to‘garakboshi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sudralib yuruvchilar |
Oila: | Agamasimonlar |
Urugʻ: | Phrynocephalus |
Turlari: | Xentog‘ to‘garakboshi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Phrynocephalus rossikowi Nikolsky, 1898 |
Xentog‘ to‘garakboshi [1] ( lotincha: Phrynocephalus rossikowi) — Oʻzbekiston va Turkmaniston xududida yashovchi toshkaltakesaklar oilasiga mansub kaltakesaklar turi sanaladi[2]. Ular o‘simliklari siyrak cho‘l biotoplarida yashaydi. Ular asosan kunduzgi faol bo‘ladilar. Bahorda urg‘ochi 3 tadan 5 tagacha tuxum qo‘yadi. Xentog‘ to‘garakboshi umurtqasizlar : asosan chumolilar va o‘rgimchaklar bilan oziqlanadi. Xavf bo‘lsa, ular butalar yoki uyalarga yashirinadilar.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tana uzunligi 4-6 sm.Erkaklari urg‘ochilariga qaraganda yirikroqdir[3] . Tananing yuqori qismi qora dog‘lar bilan qizil-kulrang, pastki qismi esa oq rangda. Dumida cho‘zinchoq chiziqlari mavjud[4].
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Insoniyatning dastlabki yashash joylarining rivojlanishi va pestisidlardan foydalanish natijasida bu tur qirilib ketgan. Xentog‘ to‘garakboshi Oʻzbekiston va Turkmaniston Qizil kitoblariga kiritilgan [2] . 1970-yillarda lokal populyasiyalarda kuniga 30 tagacha hisobga olinar edi. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo‘q bo‘lib ketgan. So‘nggi marta 1978-yili Amudaryoning o‘ng sohilida Nukus shahri va Sultonuvays qoldiq tog‘ida topilganini qayd qilish mumkin[5].
Kichik turlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkita kichik turga ega:
- Phrynocephalus rossikovi rossikawi
- Phrynocephalus rossikovi shammakowi
Hayot tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fevral oyidan noyabr oyigacha faol hayot kechiradi, o‘z inida jon saqlaydi va qishlaydi. Juftlashishi mart-aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Yiliga 2-3 marta 2 tadan 5 tagacha tuxum qo‘yadi. Bolalari iyun-iyul oyida tuxumdan chiqadi. Keyingi yil bahorda jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar (asosan chumolilar) va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cho‘l zonalarida qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, yerlarni sug‘orish, pestisidlarni qo‘llash.
Himoya choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Omon qolgan barcha mahalliy populyasiyalarni aniqlash, turlarning tarqalishi va qisqarishi sabablarini aniqlash kerak; ularni muhofaza qilish va tutqunlikda ko‘paytirishni tashkil etish.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Orolbo‘yi (Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati). O‘zbekistondan tashqarida: Shimoliy Turkmanistonning chegaradosh hududlari. Markaziy Turkmanistonda – boshqa kenja turi.
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi dengiz sathidan 300 metrgacha bo‘lgan mayda toshli cho‘llarning o‘simligi siyrak dag‘al tuproqli, ba’zan qumli hamda qumoq tuproqli qismlari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Банников А. Г., Даревский И. С., Рустамов А. К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР. Класс Пресмыкающиеся, или Рептилии. Отряд Ящерицы. Семейство Агамовые. Род Агамы. Род Круглоголовки — „читать онлайн“. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Хентаунская круглоголовка — Phrynocephalus rossikowi Nikolskij, 1899“. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
- ↑ „Банников А.Г., Даревский И.С., Рустамов А.К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР. Класс Пресмыкающиеся, или Рептилии. Отряд Ящерицы. Семейство Агамовые. Род Агамы. Род Круглоголовки“. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
- ↑ Жизнь животных. В 7-ми т. / Гл. ред. В. Е. Соколов. Т. 5. Земноводные. Пресмыкающиеся / А. Г. Банников, И. С. Даревский, М. Н. Денисова и др.; Под ред. А. Г. Банникова. —2-е изд., перераб.—М.: Просвещение, 1985.—399с., ил., 32 л. ил.
- ↑ ХЕНТОҒ ТЎГАРАКБОШИ (PHRYNOCEPHALUS ROSSIKOWI) (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan) Redbook.uz
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Банников А. Г., Даревский И. С., Рустамов А. К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР / под ред. проф. А. Г. Банникова. — М.: Мысль, 1971. — 303 с.