Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Munozara sahifasi koʻrsatmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanlangan maqola

Buxoro qamali — 1220-yil mart oyida, yaʼni moʻgʻullar tomonidan Xorazmshohlar davlatinining bosib olishi davrida sodir boʻlgan harbiy bosqin. Bosqinda Moʻgʻullar imperiyasining xoni Chingizxon sulton Muhammad II tomonidan boshqarilayotgan Xorazmshohlar davlati bilan tutashgan chegaraning turli tomonlaridan hujum uyushtirgan. Xorazmshoh yirik shaharlarni yakka tartibda mudofaa qilishni rejalashtirgan boʻlsa, moʻgʻullar chegara shahar — Oʻtrorni qamal qilib, Xorazmshohlar davlatiga qaqshatqich zarbalar berishni maqsad qilgandi. Buxoro shahri Xorazmshohlar davlatining yirik savdo va madaniy markazi boʻlgan. Shahar Moʻgʻullar imperiyasi bilan chegaradan ancha uzoqda joylashganligi sababli xorazmshoh bu shaharni himoya qilish uchun 20 000 dan kamroq askar ajratgan. Soni 30 000 dan 50 000 gacha boʻlgan moʻgʻul qoʻshinlari katta qoʻshin uchun oʻtib boʻlmas toʻsiq deb hisoblangan Qizilqum choʻlini kesib oʻtishga muvaffaq boʻlganlar. Buxoro mudofaachilari butunlay sarosimaga tushgan va muvaffaqiyatsiz jangdan soʻng tashqi shahar uch kun ichida taslim boʻlgan. Xorazmlik hukmdorga sodiq askarlar qal’a buzib tashlangunga qadar ikki haftadan kamroq vaqt davomida mudofaani davom ettirganlar. Moʻgʻul qoʻshini qoʻrgʻondagi barchani oʻldirib, aholining katta qismini qul qilib olgan. Mohir hunarmandlar mehnat mahsuli moʻgʻullar tomonidan oʻzlashtirilgan, boshqalar esa harbiylikka jalb etilgan. Garchi oʻsha paytda Buxoro yongʻinlar oqibatida vayron boʻlgan boʻlsa-da, talafot nisbatan kamroq boʻlgan. Qisqa vaqt ichida shahar yana savdo va madaniy markazga aylanib, Pax Mongolica davrida yanada rivojlangan. (Davomi...)

Yaxshi maqola
Daniya operatsiyasi rejasi
Daniya operatsiyasi rejasi

Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)

Xushsifat maqola
„Me at the zoo“ videoroligi

Me at the zoo“ (tarjimasi „Men hayvonot bogʻidaman“) — YouTube platformasiga yuklangan ilk videorolik. Videorolik 2005-yil 23-aprel kuni yuklangan. 19 soniyali rolikda YouTube asoschilaridan biri, oʻsha paytda 25 yosh boʻlgan Jawed Karim Kaliforniyadagi San Diego hayvonot bogʻida ikkita fil oldida turgani va ularning uzun xartumiga eʼtibor qaratayotgani aks etgan. 2024-yil 31-avgust holatiga koʻra, video 332 milliondan ortiq marotaba tomosha qilingan. Ushbu videoni Karimning oʻrta maktabdagi doʻsti Yakov Lapitskiy tasvirga olgan. Jurnalistlar „Me at the zoo“ roligini YouTubening havaskor kontentiga bir misol sifatida koʻrsatishadi. Bir nechta nashrlar uni veb sayt tarixidagi eng muhim rolik deb atagan. Karim YouTubening foyda olish uchun qiladigan harakatlarini tanqid qilish maqsadida bir necha bor video tavsifini tahrir qilgan. (Davomi...)

Tanlangan roʻyxatlar