Ulli Hovli
Ullihovli | |
---|---|
Joylashuv | Urganch Xorazm |
Binokor | Abulgʻozi Bahodirxon |
Turi | Tarixiy obida |
Material | Tuproq, yogʻoch |
Qurila boshlagan | 1680-yil |
Qurilish tamomlangan | 1694-yil |
Ochilish sanasi | 1694 |
Xarita | |
Ulli Hovli (turkm. Uly Howly) — Xorazm viloyati Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻidagi Turkmanlar mahallasi[1] hududida joylashgan tarixiy majmua. „Ulli hovli“ majmuasi 1640—1694-yillarda, Abulgʻozi Bahodirxon davrida bunyod etilgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulli hovli „katta hovli“ degan ma'noni bildiradi[3]. Ilk farzandi boʻlgan Alabeluk etonomining bir koʻrinishi deya aytish mumkin. Xoʻjamuberdi Bojimon davrida Olauylik hududida 100 xonalik katta bino qurilishi boshlangan. Uni aholi Ulli(katta) Hovli deb nomlagan. Dastlabki paytda unda 15 ta oila yashagan. Majmua XVII asrda oʻzbeklar va turkmanlar tomonidan qurilgan[4]. 2009-yil mart oyida Xorazm Maʼmun akademiyasi hodimlari hamda Urganch davlat universiteti professorlari, sharqshunos olimlari ullihovli majmuasini ilmiy tadqiq qlish uchun obiadning texnik holatini oʻrganib chiqdi. Hozirda Ulli hovli majmuasida 35 ta xonadon saqlanib qolgan.
Ulli hovliga kiraverishdagi qadimiy darvoza va devorga shunday yozuvlar bitilgan:
Ushbu muborak Ulli hovli Xorazmshoh Abulgʻozi bahodirxon tomonidan Soler turkmanlarining oqsoqollari Xoʻjamberdi va Shermamatboy iltimosiga koʻra bunyod etilgan[5].
Munis va Ogahiyning „Firdavs ul iqbol“ asarida Xivada qolgan turkmanlar orasida Olabeluqli toʻplar uyi bor edi[6].
Qurilish materiali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki va tashqi devorlar paxsadan qilingan. Qurilish maretiallari uchun mahalliy xom-ashyolardan, soz tuproq[7] va yoʻgʻochlardan foydalanilgan. Hovli trapetsiya shakliga yaqin shaklda bunyod etilgan.
Restavratsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVII asrga oid „Ulli hovli“ tuproqli qal’asi 2013—2015-yillarda Xorazm viloyatining turizm sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq majmuada rekonstruksiya ishlari yakunlandi[7]. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Urganchdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan „Ulli hovli“ qadimiy qal’asi sayyohlik majmuasiga aylandi. Majmuada tuyalar, otlar va parrandalar saqlanadigan joylar, eski tegirmon va qadimiy quduq mavjud[7].
„Ulli hovli“ 2017-yildan 2018-yilning 25-apreligacha Davlatnazar Rajabovning[8] tashabbusi bilan qayta tamirlandi va turistik maskanga aylantirildi.
2020-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining 815-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida „Oʻzbek—Turkman doʻstlik uyi“ va „Ulli hovli“ majmuasi" direksiyasi davlat muassasasi sifatida tashkil etildi[1][9].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prezidentlar tashrifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 25-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti g. Berdimuhammedovlar Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Ullihovli majmuasida boʻldilar „Doʻstlik uyi“ning ochilishi va ushbu qaʼla bilan tanishdilar[10].
Hozirda bu yerda hunarmandchilik maskani, restoran, 15 oʻrinli mehmonxona, muzey, kinozal, fotogalareya, nortuyalar boqiladigan maxsusu joylar tashkil etilganManba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad name.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „XORAZM VILOYATIDAGI “O‘ZBEK — TURKMAN DO‘STLIK UYI” VA “ULLI HOVLI” MAJMUASI” DIREKSIYASINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 15-oktyabr.
- ↑ UrDU Uz(oʻzb.)
- ↑ „Улли Ховли“. Qaraldi: 15-oktyabr.
- ↑ „Ulli hovli“. travel.uz. Qaraldi: 15-oktyabr.
- ↑ „“Ulli hovli”ga majmua tashabbuskorining yettinchi avlodi rahbarlik qilmoqda“. xs.ux (16-mart). 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktyabr.
- ↑ XORAZM VA XORAZMLIKLAR Yettinchi kitob. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023. 75-bet
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Древняя крепость в Хорезме стала туристическим комплексом“. podrobno.uz (2014-yil 7-noyabr). Qaraldi: 15-oktyabr.
- ↑ MTRK Oʻzbekiston TV(oʻzb.)
- ↑ „Xorazm viloyatidagi O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi va Ulli hovli majmuasi boshqaruv direksiyasi tashkil etiladi“. spot.uz (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 15-oktyabr.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев и Гурбангулы Бердымухамедов осмотрели комплекс “Улли-ховли”“. president.uz (2018-yil 24-aprel). Qaraldi: 15-oktyabr.