Kontent qismiga oʻtish

Togʻjumrut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Togʻjumrut (Rhamnus) — chilonjiydadoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi, doim yashil daraxtlar yoki butalar turkumi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada oʻsadigan 150 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Janubiy Sibir, Uzoq Sharqda daryolar, koʻllar qirgʻoqlarida, jarliklarda, togʻ yon bagʻirlarida, togʻ oʻrmon mintaqalarida 19 turi oʻsadi. Novdalari tikanli. Barglari oddiy, yumaloq yoki choʻziq. Gullari ikki jinsli. May-iyun oylarida gullab, iyul-avgustda meva tugadi. Mevasi shirali, danakli, sersuv, qora, eti yashil yoki binafsha rang. Yogʻochi sargʻimtirqizgʻish, qattiq, tigʻiz, ogʻir. Togʻjumrutning tikanli (R. catharticus), Pallas (R. pallasii) va boshqa turlari koʻkalamzorlashtirishda, yashil devor uchun ekiladi. Poʻstlogʻi, bargi, mevasida boʻyoq moddalari bor. Imertin Togʻjumrut (R. imertinus) mevasi surgi dori sifatida qoʻllanadi. Urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi.