Kontent qismiga oʻtish

The Incredible Hulk (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Incredible Hulk

Film posteri
Rejissyor(lar) Louis Leterrier
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Zak Penn
Rollarda
Bastakor(lar) Craig Armstrong
Kinematografiya Peter Menzies Jr.
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor Universal Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 8-iyun, 2008-yil(2008-06-08) (Los-Anjeles)
  • 13-iyun, 2008-yil(2008-06-13) (AQSh)
Davomiyligi 112 daqiqa[1]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $137,5–150 million[2][3]
Daromadi $265,5 million[3]

The Incredible Hulk“ (tarjimasi „Favqulodda Hulk“) — 2008-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi ikkinchi film. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Universal Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Louis Leterrier rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Edward Norton, Liv Tyler, Tim Roth, William Hurt, Tim Blake Nelson, Ty Burrell va Christina Cabot ijro etgan.

Film premyerasi 2008-yilning 8-iyunida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Prokatlarda umumjahon boʻylab $265,5 million mablagʻ toʻplagan. Norton Marvel Studios bilan mojaroga borgani ortidan 2008-yildan keyin chiqarilgan MKK filmlarida Hulk obrazini Mark Ruffalo jonlantirgan.

  1. The Incredible Hulk. British Board of Film Classification (2008-yil 3-iyun). 2022-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  2. „The Incredible Hulk (2008)“. The Numbers. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „The Incredible Hulk“. Box Office Mojo. 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.