Kontent qismiga oʻtish

Théo Bongonda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Théo Bongonda
Bongonda Celta safida 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Théo Bongonda Mbul'Ofeko Batomboat
Tavallud sanasi 20-noyabr 1995-yil (1995-11-20) (29 yosh)
Tavallud joyi Charleroi, Belgiya bayrogʻi Belgiya
Boʻyi 1.77m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya Cádiz
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2013 JMG Academy
2013 Zulte-Waregem
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Zulte-Waregem 33 (4)
2015—2018 Celta 61 (4)
2017—2018Trabzonspor (ijara) 3 (0)
2018Zulte-Waregem (ijara) 18 (3)
2018—2019 Zulte-Waregem 28 (8)
2019—2022 Genk 90 (33)
2022- Cádiz 0 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2014 Belgium U19 5 (2)
2014—2016 Belgium U21 8 (2)
2022- DR Congo 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-mart uchun)

Théo Bongonda Mbul’Ofeko Batomboat (1995-yil, 20-noyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, La Liganing Cadiz klubida chap qanot himoyachisi. Belgiyada tugʻilgan, Kongo DR terma jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zulte Waregem

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charleroi shahrida tugʻilgan Bongonda oʻz faoliyatini 2008-yilda 13 yoshida JMG akademiyasida boshlagan. 2013-yil yanvar oyida u Belgiya Pro-ligasi jamoasi SV Zulte Waregemga qoʻshildi, dastlab yoshlar tarkibiga faoliyatini boshlagan[1].

Bongonda professional debyutini 2013-yilning 25-sentyabrida, Belgiya kubogi doirasida KFC VW Hammega qarshi safarda 2:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan[2]. Uning ligadagi debyuti 15-dekabr kuni boʻlib oʻtdi, u Lierse SKga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi[3].

Bongonda oʻzining professional golini 2014-yilning 15-yanvarida kiritdi va Cercle Brugge KSVga qarshi safarda 2:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻldi[4]. 2014-yilning 20-aprelida u KSC Lokerenga qarshi safarda 3:2 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi ligadagi golini kiritdi[5].

2015-yilning 9-yanvarida Bongonda La Liga vakili Celta de Vigo bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[6]. U 26 turda jamoasi safida La Ligada debyut qildi va Getafega qarshi safarda 2:1 hisobida jamaosi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda Nemanja Radojaning oʻrniga maydonga tushdi[7].

2017-yilning 15-iyunida Bongonda Trabzonsporga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[8]. Biroq u maydondan koʻra koʻproq zaxira oʻrindigʻida boʻldi.

Zulte Waregem

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-18-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida Bongonda ijara asosida yana Zulte-Waregemga qoʻshildi. 2018-yilning 4-iyulida u Essevee bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻrt yillik shartnoma asosida jamoaga qoʻshildi[9].

Bongonda 2019-yil yozida Belgiyaning birinchi divizioni vakili Genk klubiga rekord darajadagi pul evaziga qoʻshildi[10].

Bongonda 2021-yilning 25-aprelida Belgiya kubogi finalida Standard Liegega qarshi Genk jamoasi bilan kubogni qoʻlga kiritdi[11].

2021-yil, 23-iyulda Bongonda 2021-22-yilgi Belgiya birinchi divizioni A mavsumida Genkning birinchi golini urdi va xuddi shu raqib bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi[12].

2022-yil, 26-avgustda Bongonda Cadiz klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytdi[13].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bongondaning otasi Kongolik va onasi Belgiyalik[14]. U Belgiya yoshlar terma jamoasi vakili hisoblanadi. 2022-yil yanvar oyida FIFA uning Kongo DR terma jamoasiga oʻtish huquqini qabul qildi[15]. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi safida 2022-yilning 1-fevralida Bahraynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) debyut qilgan[16].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil, 30-iyul holatiga ko'ra [17][18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zulte Waregem 2013-14 Belgian Pro League 9 0 5 1 0 0 10 1 24 2
2014-15 14 3 2 0 3 0 0 0 19 3
Jami 23 3 7 1 3 0 10 1 43 5
Celta Vigo 2014-15 La Liga 8 1 1 0 0 0 9 1
2015-16 23 2 3 0 0 0 26 2
2016-17 30 1 6 1 6 0 0 0 42 2
Jami 61 4 10 1 6 0 0 0 77 5
Trabzonspor (ijara) 2017-18 Süper Lig 3 0 3 2 0 0 6 2
Zulte Waregem (ijara) 2017-18 Belgian First Division A 4 0 0 0 9 5 13 5
Zulte Waregem 2018-19 Belgian First Division A 28 8 2 0 0 0 9 6 37 14
Genk 2019-20 Belgian First Division A 22 5 1 0 6 0 29 5
2020-21 35 16 4 2 39 18
2021-22 2 3 0 0 0 0 1 1 3 4
Jami 59 24 5 2 6 0 1 1 71 27
Karyera jami 184 39 27 6 15 0 27 13 247 58

Genk

  • Belgiya kubogi: 2020-21[19]
  1. „Eerste JMG-speler boven water bij Zulte Waregem“ (niderlandcha). Sport Voetbal Magazine (20-avgust 2013-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
  2. „Zulte Waregem ontsnapt bij Hamme“ (niderlandcha). Sporza (25-sentabr 2013-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
  3. „Zulte Waregem spoelt Europese kater door“ (niderlandcha). Sporza (15-dekabr 2013-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
  4. „Zulte Waregem schaart zich met verlies bij laatste vier“ (niderlandcha). Sporza (15-yanvar 2014-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
  5. „Zulte Waregem laat eerste plek liggen in Lokeren“ (niderlandcha). Sporza (20-aprel 2014-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.
  6. „El Real Club Celta se refuerza con el internacional Sub-21 belga Théo Bongonda“ (ispancha). Celta's official website (9-yanvar 2015-yil). 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2022-yil.
  7. „El Getafe por fin canta victoria“ (ispancha). Marca (26-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  8. „El Real Club Celta se refuerza con el internacional Sub-21 belga Théo Bongonda“ (niderlandcha). Gazet Van Antwerpen (16-iyun 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2017-yil.
  9. „Théo Bongonda definitief naar Essevee“ (niderlandcha). ESSEVEE - SV Zulte Waregem. 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  10. „Théo Bongonda 2019/20 – scout report“. Belgian Football Analysis (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  11. „Ito en Bongonda schieten Racing Genk naar 5e Beker van België“ (niderlandcha). Sporza (25-aprel 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  12. „Bongonda rescues Onuachu's Genk from defeat in First Division A opener against Standard Liege“. Goal (23-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  13. „Théo Bongonda firma cuatro temporadas“ (ispancha). Cádiz CF (26-avgust 2022-yil). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
  14. „Théo Bongonda n'a pas peur d'un changement de style : "Si nous pouvons obtenir des résultats avec plus de discipline, alors je signe"“. Walfoot.be (8-dekabr 2021-yil).
  15. „Théo Bongonda – UEFA.com“. www.uefa.com. 2013-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Bahrain beat DR Congo in friendly | THE DAILY TRIBUNE | KINGDOM OF BAHRAIN“. DT News.
  17. „Théo Bongonda » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 3-iyul 2018-yil.
  18. Théo Bongonda Soccerway saytida. Qaralgan sana: 29-yanvar 2018-yil.
  19. „Onuachu with an assist as Genk clinch Belgian Cup title after Standard Liege win“. Goal (26-aprel 2021-yil). Qaraldi: 29-aprel 2021-yil.