Kontent qismiga oʻtish

Tel-Aviv

Koordinatalari: 32°5′0″N 34°48′0″E / 32.08333°N 34.80000°E / 32.08333; 34.80000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tel-aviv

תֵּל אָבִיב-יָפוֹ
shahar, Isroil poytaxti
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
32°5′0″N 34°48′0″E / 32.08333°N 34.80000°E / 32.08333; 34.80000
Mamlakat Isroil
okrug Tel-aviv okrugi
Hukumat
 • Mer Ron Xulday
Asos solingan 1909
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i Ivrit tili |ivritcha
Aholisi
 (2012)
405 200
Zichligi 1063,38 kishi/km2
Milliy tarkib yahudiylar (91,6 %), arablar (3,9 %), boshqalar  (4,5 %)
Telefon kodi (972)(3) Isroil tashqarisi, (03) Isroil ichkarisida
Tel-Aviv xaritada

Tel-AvivIsroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi boʻyicha Quddus shahridan keyin 2-oʻrinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −12 °C, iyulniki 25 °C. Yillik yogʻin 600 mm. Aholisi 405 200 kishi (2012, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga olmos, toʻqimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi. Tel-avivda 2 universitet, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.

Tel-avivga 1909-yilda Yevropadan kelgan yahudiy immigrantlar tomonidan Yaffa shahridan shimolroqda asos solingan. 1948–50 yillarda mamlakat poytaxti boʻlgan.[1] Poytaxt Quddusga koʻchirilgan boʻlsada, koʻpgina hukumat muassasalari, xususan, Mudofaa vazirligi ham Tel-avivda.[2]

Tel-aviv – mamlakatning moliya va sanoat markazi. Isroildagi yagona fond birjasi va uning banklari hamda sugurta kompaniyalari, mamlakat sanoat korxonalarning 50 % Tel-avivda joylashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: metallsozlik, toʻqimachilik, elektronika. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. Olmosga sayqal berish korxonalari mavjud.[3] Hunarmandchilikda diniy buyumlar tayyorlanadi.[4]

  1. „Белый город в Тель-Авиве – архитектура «Современного движения» (2003)“. UNESCO. 2012-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  2. Startovalo stroitelstvo tel-avivskogo metro, 2011-10-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-25
  3. „Tel Aviv“. Jewish Virtual Library. 2012-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-avgust.(ingl.)
  4. „Ulitsi xranyat pamyat“, d-r. R. Neer Andoza:Недоступная ссылка