Shpur
Qiyofa
Shpur (nem. iz) — silindrsimon kon lahimi boʻlib, burgʻilash natijasida hosil boʻladi (diametri 75 mm gacha, chuq. 5 m). Oʻlchamiga koʻra Shlar: mayda (1,5 m gacha), oʻrtacha (1,5—2,5 m) va chuqur (2,5 m dan ziyod) hamda yoʻnalishi boʻyicha — gorizontal, vertikal va qiya boʻladi. Sh.larni burgʻilashda burgʻilash bolgʻalari, elektroparma va boshqalar yengil burgʻi mashinalaridan foydalaniladi. Sh.lar qoya togʻ jinslaridan inshootlarni oʻtkazishda, ularga portlovchi moddalarni joylashtirishda va foydali qazilmalarni maydalab urib tushirishda, gidrotexnika va yoʻl qurilishida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |