Shoʻrtepa neft-gaz koni
Shoʻrtepa neft-gaz koni - Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi kon. Muborak temir yoʻl stansiyasidan 20 km shim. sharqda. 1961-yilda ochilgan va 1967-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi choʻl tekisligidan iborat. Shoʻrtepa strukturasi subkenglik boʻyicha choʻzilgan braxiantiklinal burmadan iborat. Struktura jan.sharkda Shumak burmasi bilan chegaralanadi va kichikroq sinklinal orqali Shoʻrsoy strukturasiga ulanib ketadi. Burma asimmetrik tuzilishga ega boʻlib, ikki: shim. va sharqiy qubbalardan iborat. Shoʻrtepa neft-gaz konig.k.da jami 13 quduq qazilgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasi yotqiziqlari ochilgan. Paleozoy erasi jinslari 40 m gacha ochilgan, slanets, argillit va qumtoshlardan tarkib topgan. Yura davri yotqiziqlari terrigen, karbonat va tuzgips qatlaridan, boʻr davri gravelit, qumtosh, ohaktosh, alevrolitlardan tuzilgan. Sanoat miqyosidagi neft va gaz quyi boʻr davri yotqiziqlaridagi 12 va 13-gorizontlarda joylashgan. 12gorizont apt yarusining (qalinligi 50–60 m) qumtosh va gravelit jinslaridan tarkib topgan, 1230–1500 m chuqurlikda ochilgan. Foydali qalinligi 16–27 m, Gazlilik maydoni 12410 ming m2. 13gorizont 1285–1500 m chuqurlikda ochilgan, qumtosh, gravelit, alevrolit va gil jinslardan tarkib topgan. Qalinligi 210–238 m. Janubiy blokning 13gorizontida gaz qalpoqli neft uyumi mavjud, gazlilik qavati 60 m. Gorizontlardagi qatlam suvlarining turi gidrokarbonat-natriyli, sulfatnatriyli va xlornatriyli. Minerallashganligi 1,5—9,4 g/l. Hozirgi kunda kondan foydalanilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |