Kontent qismiga oʻtish

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shaharsozlik kodeksidan yoʻnaltirildi)

Shaharsozlik kodeksiOʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat[1].Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi mamlakatda qurilish va shaharsozlikni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan muhim huquqiy hujjatdir. Usbu kodeks mamlakatda shaharlarni rivojlantirish, aholi yashash hududlarini rejalashtirish va qurilish faoliyatini nazorat qilish uchun zarur qoidalar va meʼyorlardan iborat. Shaharsozlik kodeksi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonun hujjati boʻlib, u qonunchilik bazasining va uni huquqiy qoʻllash tizimining yagonaligini taʼminlaydi. Shaharsozlik faoliyati davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati taʼminlashdan iborat[2].

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 12 bob 85 moddadan iborat.

Shaharsozlik kodeksi prinsiplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharsozlik faoliyatining prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • ishlar (tovarlar, xizmatlar) bozorida monopol faoliyatni, shu jumladan raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash;
  • shaharsozlik faoliyati subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning qulay elektron bazalarini yaratish va yaratilgan asosda ularning faoliyatini baholash reytinglarini joriy etish;
  • shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
  • davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash kabi prinsiplari mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 2020-yil 22-aprelda Oliy Majlis tomonidan muhokamaga qoʻyilgan. Shaharsozlik kodeksi Oliy majlisning qonunchilik palatasining XII chaqiriq, I sessiyada muhokama qilingan. Bu kodeks bir necha yil davomida turli ekspertlar va davlat organlari ishtirokida ishlab chiqilgan, shuningdek xalqaro tajribalarni oʻrganishga asoslangan holda shakllantirilgan. Ushbu kodeksda shaharsozlik faoliyatiga oid yangiliklar, aholi punktlarining kompleks rivojlanishi va qurilish jarayonida fuqarolarning ishtirokini taʼminlashga qaratilgan bir qator normativlar kiritilgan.

2020-yil 26-avgustda Shaharsozlik kodeksi Qonunchilik palatasi tomonidan, 2021-yil 6-yanvarda esa Senat tomonidan maʼqullangan. 2021-yil 23-maydan rasman kuchga kirgan[3][4].

  1. „O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi“. lex.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  2. O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2023. ISBN 978-9943-380-75-2. 
  3. „Shaharsozlik kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi“. kun.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  4. „O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida“. lex.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil..