Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi—mamlakat havo hududidan foydalanish va aviatsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatidir. Kodeks havo transporti xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya texnikasini boshqarish, fuqaro aviatsiyasi va boshqa parvozlarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydigan umumiy qoidalarini oʻzida aks ettirgan Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjati tushuniladi[1].

Tarixi va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodesksi 1993-yil 7-mayda qabul qilingan va 1993-yil 26-iyundan kuchga kirgan[1].Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga oxirgi marta 2021-yil 29-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ–688-son qonuni orqali o‘zgartishlar kirtilgan[2].

  • Uy joy kodeksi 4 boʻlim, 15 bob va 135 moddadan iborat[1].

Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodesksi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1-boʻlim. Umumiy qoidalar
  • 2-boʻlim. Samoviy hududdan foydalanish
  • 3-boʻlim. O‘zbekiston Respublikasi aviatsiasi
  • 4-boʻlim. Havo transportida tashish va aviatsiya ishlari

Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodesksi quyidagi boblarni oʻz ichiga oladi:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1-bob. Samoviy hududdan foydalanishni tartibga solish
  • 2-bob. Umumiy qoidalar
  • 3-bob. Aerodromlar. Aeroportlar
  • 4-bob. Havo kemalari
  • 5-bob. Havo kemalarining ekspluatanlari
  • 6-bob. Aviatsiya xodimlari
  • 7-bob. Havo transporti qatnovi
  • 8-bob. Havo kemalari parvozi
  • 9-bob. Xalqaro parvozlar
  • 10-bob. Qidiruv va qutqaruv ishlari
  • 11-bob. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat. aviatsiya xalokatlari va baxtsiz hodisalarni tekshirish
  • 12-bob. Aviatsiya faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashuvning oldini olish
  • 13-bob. Umumiy qoidalar
  • 14-bob. Havo transportida tashish
  • 15-bob. Aviatsiya ishlari

Muhim prinsiplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Xavfsizlik: Parvozlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qat'iy qoidalar va protseduralar.
  2. Sertifikatlashtirish va litsenziyalash: Havo kemalarini boshqarish va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiy sertifikatlar va litsenziyalar.
  3. Xalqaro hamkorlik: Xalqaro standartlarga muvofiqlik va xalqaro aviatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
  1. 1,0 1,1 1,2 „O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi“. lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
  2. „O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi“. uzcaa.uz. "O‘zaviatsiya" agentlig. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HAVO KODEKSI