Sferik astronomiya
Sferik astronomiya - astrometriya boʻlimi; yoritqichlarning (yulduzlar, Quyosh, Oy, sayyoralar, sunʼiy osmon jismlari va boshqalar) osmon sferasidagi koʻrinma vaziyati va harakatini anikdash bilan bogʻliq masalalarni matematik usulda yechish uslublarini ishlab chiqadi. Sferik astronomiyaning asosiy tushunchasi osmon sferasidir. Osmon sferasidagi yoritqichga boʻlgan har bir yoʻnalish sferada nukta bilan, tekislik esa doira bilan tasvirlanadi. Osmon sferasidagi nuqtalarning oʻzaro joylashishi va harakatini oʻrganish uchun koordinata sistemalari qoʻllanadi (qarang Astrometrik koordinatalar). Bir koordinata sistemasidan ikkinchi koordinata sistemasiga utish sferik trigonometriya formulalari yordamida amalga oshiriladi.
Sferik astronomiya ning muhim vazifalaridan biri vaqt hisobi astronomik sistemasining nazariy asosini yaratishdan iborat. Yerning oʻz oʻqi atrofida va Quyosh atrofidagi davriy harakati vaqt hisobining asosi qilib olinadi. Yer aylanishi qaysi nuqta (bahorgi tengkunlik va Quyosh) ga nisbatan olinishiga qarab vaqt hisobi yulduz va quyosh sutkalarida olib boriladi. Kalendarta Yerning Quyosh atrofida aylanish davri — tropik yil asos qilib olingan. Astronomiyada vaqt hisobi bevosita tropik yillarda, oʻrtacha uz. 365, 25 sutka boʻlgan kalendar yillarda yoki uzluksiz yil hisobi (yaʼni Yuliy davri)da olib boriladi.
Yoritqichlarning kuzatishdan topilgan oʻrinlari quyidagi sabablarga koʻra haqiqiy oʻrinlariga nisbatan siljigan boʻladi; 1) pretsessiya taʼsirida Yerning oʻqi yoʻnalishini davriy ravishda (26000-yilda) oʻzgartirib, konus sirtini hosil qiladi. Yer oʻqining bunday ilgarilanma harakati nutatsiya tufayli kichik tebranishlarga ham ega; 2) osmon sferasida yulduzlarning koʻrinma oʻrni uning haqiqiy oʻrnidan yorugʻlik aberratsiyasi tufayli farq qiladi. Bu hodisa kuzatuvchi va yoritqichlarning birbiriga nisbatan harakati natijasida, yaʼni Yerning Quyosh atrofidagi harakati tufayli yillik aberatsiya, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli sutkali aberratsiya taʼsirida roʻy beradi. Aberratsiya natijasida yoritqich apeks tomon siljigan boʻladi; 3) Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi va Quyosh atrofidagi harakati natijasida kuzatuvchi yoritqichga nisbatan oʻz yoʻnalishini ham oʻzgartiradi, yaʼni parallaktik siljish roʻy beradi. Shuning uchun Quyosh sistemasidagi jismlarni kuzatganda ularning koordinatalarini Yer markaziga (sutkali parallaks), yulduzlarni kuzatganda quyosh sistemasining markaziga, yaʼni Quyoshga (yillik parallaks) hisoblashlar yoʻli bilan keltiriladi. Parallaktik siljishning kattaligi yoritqichgacha boʻlgan masofaga bogʻliq; 4) refraksiya tufayli yoritkich zenitga tomon koʻtarilgan boʻlib koʻrinadi. Yoritqichlarni kuzatish natijasidan yukrrida keltirilgan omillarni hisobga olish bilan geografik koordinatalar, azimut va vaqtni hisoblash kabi amaliy hamda nazariy masalalar yechiladi. Kuzatish natijalari asosida astronomik doimiyliklarni aniklash Sferik astronomiyani fundamental astrometriya va osmon mexanikasi bilan, Quyosh sistemasidagi jismlarning sirt koordinatalarini aniklash uni amaliy astronomiya bilan uzviy bogʻlaydi. Bundan tashqari, Sferik astronomiya Quyosh va Oy tutilishi, yulduzlarning Oy tomonidan tusilishi, sayyoralarning quyosh gardishidan utishi va boshqa hisoblash usullarini ham ishlab chiqadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |