Serhiy Shcherbakov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergei Gennadiyevich Scherbakov | ||
Tavallud sanasi | 15-avgust 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Bryansk, SSSR | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1988—1992 | Shakhtar Donetsk | 70 | (16) |
1992—1993 | Sporting CP | 25 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
1990 | SSSR U18 | ||
1991 | SSSR U20 | 6 | (5) |
1991 | SSSR U21 | 3 | (1) |
1992 | Ukraina | 2 | (0) |
1992 | Rossiya U21[1] | 6 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergey Gennadievich Scherbakov (talaffuzi: Sergey Shcherbakov; 1971-yil 15-avgustda tugʻilgan) — sobiq ukrainalik futbol yarim himoyachisi va murabbiy.
Portugaliya ommaviy axborot vositalarida va FIFAning baʼzi manbalarida futbolchi Serguei Cherbakov nomi bilan ham keltiriladi[2]. Portugaliyada Scherbakov Ukraina terma jamoasida oʻynaganiga qaramay, rossiyalik futbolchi sifatida tanilgan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bryansk shahridan boʻlgan Sergey sportchilar oilasida tugʻilgan. Otasi Novatori Mariupol klubining sobiq futbolchisi, markaziy himoyada oʻynagan. Onasi esa gimnastikachi boʻlgan[4]. „Shakhtar“ klubida 17 yoshida birinchi oʻyinini oʻtkazgan[4]. Hammasi boʻlib Scherbakov SSSR Top-ligasida uch mavsum davomida 52 oʻyin oʻtkazgan va 12 bor gol urgan[4]. Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan Vyshcha Lihaga qoʻshildi[4].
1991-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida SSSR U-20 terma jamoasi safida qatnashgan. Oʻsha turnirda 4 ta gol bilan eng koʻp toʻpurar sifatida Pedro Pineda bilan oltin butsani olgan. 1991-yilda Shcherbakov PSV Eindhovenga taklif qilindi va klubda olti hafta oʻynadi, ammo noaniq sabablarga koʻra shartnoma imzolay olmadi[4]. 1992-yilda „Sporting“dan taklif oldi[4].
Shcherbakov Sporting CP bilan 1992-yilning iyulida shartnoma tuzdi[4]. Murabbiy Bobby Robson 1993—1994-yilgi mavsumda „Sporting CP“ bilan „Salsburg“ga qarshi oʻyinda yutqazib, UEFA kubogini tark etganidan soʻng qishki tanaffusda ishdan boʻshatildi[4]. Futbolchilar unga kechki ziyofat uyushtirishdi. Keyinchalik Serhiy jiddiy avtohalokatga uchradi, natijada beli falaj boʻlib qoldi va oʻshandan beri nogironlar aravachasida yurdi[5]. Oʻsha paytda bor-yoʻgi 22 yoshda edi[6]. Hozirda Shcherbakov futbol bilan bogʻliq bir qancha xayriya tashkilotlari bilan ishlamoqda.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | UEFA Yevropa ligasi kubogi | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Shakhtar Donetsk | 1988 | SSSR Oliy Ligasi | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 |
1989 | 15 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 22 | 0 | ||
1990 | 17 | 5 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 22 | 5 | ||
1991 | 20 | 7 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 7 | ||
Jami | 52 | 12 | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 68 | 12 | ||
1992 | Vyshcha Liha (Ukraina) | 18 | 4 | 5 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 7 | |
Jami | 70 | 16 | 14 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 91 | 19 | ||
Sporting CP | 1992—1993 | Primeira Divisão | 17 | 4 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 21 | 4 |
1993—1994 | 8 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 0 | 0 | 15 | 2 | ||
Jami | 25 | 5 | 5 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 0 | 0 | 36 | 6 | ||
Jami faoliyati | 95 | 21 | 19 | 3 | 0 | 0 | 6 | 1 | 7 | 0 | 127 | 25 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Ishtirok | Gollar |
1992-yil | 2 | 0 |
Jami | 2 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 18 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Yevropa chempionati chempioni: 1990-yil
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati „Oltin butsa“: 1991-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Foreigners in the youth team (LYeGIONYeRI V MOLODYeJKYe). Sport-Express. 2004
- ↑ FIFA World Youth Championship Portugal 1991™. FIFA (www.fifa.com)
- ↑ Cherbakov condena Sporting de „deselegância“ por enviar email de aniversário aos sócios com conteúdo sobre o seu acidente. theworldnews.net
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 The side effect of freedom. A star of the post-Soviet football that has never shone (Pobochniy effekt svobodi. Tak i ne zasiyavshaya zvezda postsovetskogo prostranstva). UA-Football. 1 April 2020
- ↑ Dart, James. „Did Denis Law score seven goals and still end up on the losing side?“. The Guardian (2007-yil 5-iyul). Qaraldi: 2007-yil 4-iyul.
- ↑ Smyth, Rob; Ashdown, John. „Is the Premier League Big Four the most dominant ever?“. The Guardian (2010-yil 7-aprel). Qaraldi: 2010-yil 7-aprel.