Kontent qismiga oʻtish

Sergey Ojegov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Ivanovich Ojegov (10-sentabr 1900-yil, Tver guberniyey — 15-dekabr 1964-yil, Moskva) — rus tilshunoslugʻatshunosi. Leningrad universitetini tugatgan (1926). Filologiya fanlari dri, professor (1961). SSSR Fanlar akademiyasi Rus tili instituti nutq madaniyati sektori mudiri (1952—64). Asosiy ishlari leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika, nutq madaniyati va amaliyoti, rus tili tarixi, ayrim yozuvchilar tili va boshqalarga bagʻishlangan. D.N.Ushakov tahriri ostidagi 4 jildli "Rus tilining izoxdi lugʻati" (1935—40) tuzuvchilaridan biri. Ojegovning 1 jildli "Rus tili lugʻati" (1949, 20-nashri 1988; N. Yu. Shvedova hammuallifligidagi 4-nashri 2000) rus tilining zamonaviy leksikasini qamrab olgan va koʻplab ruscha-milliy lugʻatlar, jumladan, 1983—84 yillarda nashr etilgan 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha lugʻat" tuzishga asos boʻlgan. Ojegov "Rus tilining imlo lugʻati" (1956, 5-nashri 1963), "Rus adabiy talaffuzi va urgʻu" (1955), "Ruscha nutq toʻgʻriligi asoslari" (1962) kabi lugʻat-maʼlumotnomalar muallifi; "Nutq madaniyati masalalari" nodavriy toʻplamining (1—6-jildlar, 1955—66) asoschisi va bosh muharriri[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil