Sadvar
Sadvar — Amudaryoning so’l sohilida Kaparas va Danisherqal’a o’rtasida joylashgan. Yodgorlikning rejalashtirilishi to’g’ri yo’nalishga ega bo’lib, maydoni 20 ga. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olinib, ular o’rtasida yo’lak kengligi 1,75 m. Uning markaziy qismida ark-a’lo joylashgan, umumiy maydoni 130 – 140 m. Arkning uch tomoni handak bilan o’rab olingan, uning kengligi 20 m. SHahar har tarafdan xandak bilan o’rab olingan. Yodgorlik arkning janubiy burchagida qazish ishlari olib borilib, arkning mudofaa devori qalinligi 9,5m, balandligi 2,2m, ekanligi aniqlangan. Paxsa devor pasttekislikka qurilgan, uning balandligi 1,5 m, keyin g’ishtdan devor qurilgan(40x40x10 sm). Devor yarim aylanali burjlar bilan kuchaytirilib, ular o’rtasidagi oraliq 24,5-27m. Tashqi devor , nayza o’q uchli shakldagi shinaklarga ega bo’lgan (Вактурская Н.Н. 1974, 498-499 betlar; Вактурская Н.Н. 1976, 498-499 betlar).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Вактурская Н.Н. Раскопки средневекового города Cадвар. Археологические открытия. 1973. М., 1974.
- Вактурская Н.Н. Раскопки средневекового города Cадвар. Археологические открытия. 1975, М., 1976.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |