Richard Núñez
Richard Núñez — 1976-yil 16-fevralda tugʻilgan. Urugvaylik futbolchi, milliy terma jamoada oʻynash tajribasiga ega. U hujumchi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Richard Darío Núñez Pereyra | ||
Tavallud sanasi | 16-fevral 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Montevideo, Urugvay | ||
Boʻyi | 1.72 | ||
Ampluasi | oʻng himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—2000 | Danubio | 110 | (23) |
2001—2004 | Grasshopper | 126 | (86) |
2005 | Atlético de Madrid | 11 | (2) |
2005—2007 | Cruz Azul | 57 | (16) |
2006 | → C.F. Pachuca (ljara) | 17 | (5) |
2008 | América | 15 | (1) |
2008—2009 | Peñarol | 21 | (8) |
2010—2012 | Rampla Juniors | 55 | (15) |
2012—2013 | Danubio | 24 | (2) |
2014—2015 | Rampla Juniors | 34 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
2003—2005 | Urugvay | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Richard Núñez faoliyatini „Danubio“ klubida boshlagan. Hujumchi asta-sekin oʻsishni boshladi[1]. 2000-yilda u Shveysariyaga koʻchib oʻtdi. 2000—2001-yilgi mavsumda Richard Núñez 9 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan. Keyingi mavsumda u liganing 36 oʻyinida 28 ta raqib darvozasiga gol kiritdi. 2002—2003-yilgi mavsumda urugvaylik futbolchi 35 oʻyin oʻtkazib, 27 golni raqib darvozasiga kiritdi. Oʻsha mavsumda uning klubi Shveysariya chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻsha muvaffaqiyatdan soʻng uning faoliyati pasaya boshladi: 2003—2004-yillarda 33 oʻyin (17 gol), 2004—2005-yillarga 13 oʻyin (5 gol). Richard Núñez 2005-yilda „Atletiko Madrid“ga oʻtgan edi. 2004—2005-yilgi mavsumda uning klubi 11-oʻrinni egalladi va hujumchining oʻzi raqiblar darvozasiga atigi 2 ta gol urdi.
Richard Núñez „Cruz Azul“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 2005-yilning 13-avgustida „Tecos“ga qarshi oʻtkazgan[2]. Oʻsha oʻyinda u pokerni rasmiylashtirishga muvaffaq boʻldi. Oʻsha mavsumda u boshqa gol ura olmadi. Richard Núñez 2005—2006-yilgi mavsumni „Pachuca“ klubida oʻtkazdi va unda u Klausurani qoʻlga kiritdi. 2006-yilda urugvaylik futbolchi klub bilan 2008-yilgacha yangi shartnoma imzoladi. U 2006—2007-yilgi mavsumni yaxshi saviyada oʻtkazdi, chunki hujumchi 32 oʻyinda 9 ta gol urgan edi. Futbolchi 2007—2008-yilgi mavsumning birinchi yarmini „Cruz Azul“ klubida oʻtkazgan va unda 15 ta oʻyin oʻtkazgan (3 gol). 2008-yilda u „Amerika“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 1 250 000 dollarni tashkil qildi. Hujum yuqori raqobat tufayli poytaxt jamoasida oʻynay olmadi. Urugvaylik futbolchi klub safida Meksika chempionatida 15ta oʻyin oʻtkazib, atigi bitta gol urgan.
Richard Núñez keyingi mavsumni „Peñarol“ bilan oʻtkazdi. U boshlangʻich oʻyinchi edi, koʻp gol urdi, lekin uning klubi turnir jadvalida atigi 7-oʻrinni egalladi. 2010-yildan 2012-yilgacha urugvaylik futbolchi poytaxtning boshqa bir klubi — „Rample Juniors“da oʻynagan. Hujumchi futboldagi ilk qadamlarini tashlagan „Danubio“ klubida faoliyatini yakunladi.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mamlakatlar | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Danubio | Urugvay | 1996-2000 | 26 | 2 |
Grasshoper | Shveysariya | 2001-2004 | 118 | 75 |
Atlético de Madrid | Ispaniya | 2005 | 11 | 2 |
Cruz Azul | Meksika | 2005 | 12 | 4 |
Pachuca | Meksika | 2006 | 23 | 10 |
Cruz Azul | Meksika | 2006-2007 | 56 | 17 |
América | Meksika | 2008 | 26 | 2 |
Peñarol | Urugvay | 2008-2009 | 21 | 7 |
Rampla Juniors | Urugvay | 2009-2011 | 49 | 14 |
Danubio | Urugvay | 2012-2013 | 24 | 2 |
Rampla Juniors | Urugvay | 2014-2015 | 33 | 11 |
Urugvay terma jamoasi safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Richard Núñez 2003—2005-yillarda Urugvay terma jamoasi safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shveysariya chempioni: 2002-2003
- Shveysariya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2001-2002 (28 gol), 2002-2003 (27 gol)
- Meksika chempioni: Klausura- 2006-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Richard Núñez National-Football-Teams.com saytida
- Profil igroka (angl.) na sayte Transfermarkt