Kontent qismiga oʻtish

Riau sultonligining katta masjidi

Koordinatalari: 0°55′46.0″N 104°25′13.4″E / 0.929444°N 104.420389°E / 0.929444; 104.420389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Riau sultonligining katta masjidi
Masjid Raya Sultan Riau
masjining umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Indoneziya
Koordinatalar 0°55′46.0″N 104°25′13.4″E / 0.929444°N 104.420389°E / 0.929444; 104.420389
Yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
1844-yil

Riau Sultonining Katta masjidi (indonezcha: Masjid Raya Sultan Riau) Indoneziyaning Bintan orolida Tanjung Pinang hududining tashqarisidagi Penyengat orolida joylashgan. Masjid 1844-yilda qurilgan va bugungi kunda Tanjung Pinangga tashrif buyuruvchilar uchun eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi[1].

Penyengat oroli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Penyengat oroli bir vaqtlar qudratli Riau-Lingga sultonligining qirollik qarorgohi boʻlgan va u 18-asrda Yevropa kuchlari bilan toʻqnashuv paytidagi Riau noiblarining faoliyati bilan mashhur. Penyengat hali ham oʻzining yorqin va mistik oʻtmishi izlarini saqlab kelmoqda. Deyarli 70 yil davomida tashlab ketilgan xarobalar yaqinda qayta tiklandi. Qadimgi hukmdorning saroyi va qirollik qabrlari, jumladan, birinchi malay tili grammatika kitobining yaratuvchisi va muallifi boʻlgan hurmatli Raja Ali Hojining qabri Riau sultonligidan qolgan meroslar sirasiga kiradi. Masjid binosidan hali ham foydalanilmoqda.

  1. [1]. Harian Kompas, 6 Juni 2009. Diakses pada 06 April 2015