Kontent qismiga oʻtish

Relyef

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Relyef (fransuzcha: relief, lotincha: relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa pastbalandliklar majmui. Relyef kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va boshqalar). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi relyefning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari relyefni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin.

Relyef endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. Yirik relyef shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va hokazo) odatda, nisbatan maydaroq relyef shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli relyeflarni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan relyef shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. Relyefdagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. Relyefning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.

Relyefning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. R.ni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va hokazoda foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi relyef saqida Yer maqolasiga[1] bu ham toʻgʻri.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil