Kontent qismiga oʻtish

RS-24 Yars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
RS-24 Yars
Turi Qitʼalararo ballistik raketa
Davlat Rossiya
Xizmat tarixi
Ishlatilgan yillari 2010-yil iyul oyidan hozirga qadar [1]
Qurolli kuchlarida Rossiya Strategik raketa qoʻshinlari
Ishlab chiqarilish tarixi
Konstruktor Moskva issiqlik texnologiya instituti
Islab chiqarilgan yillari 2010-yildan hozirga aqadar
Tavsifi
Ogʻirligi 49,600 kg[2]
Tezligi, km/s Mach 30 (36,750 km/h; 22,840 mph; 10,209 m/s)
yoʻl zaxirasi, km 11,000 km (6,800 mi)-12,000 km (7,500 mi) [3][4]
Uzunligi 22,500 mm
BMS jangovar mashinasi

RS-24 Yars (ruscha: PC-24 „Ярс“, NATO hisobot nomi: SS-29[5] yoki SS-27 Mod 2[6][7]) – bu Rossiyaning MIRV bilan jihozlangan, termoyadroviy qurolli qitʼalararo ballistik raketasi boʻlib 2007-yil 29-mayda maxfiy harbiy ilmiy-tadqiqot loyihasida soʻngi marta sinovdan oʻtkazilgan[8].

RS-24 Yars Topol-M bilan bir xil raketadir, bundan tashqari bir nechta mustaqil nishonga olinadigan jangovar kallaklarni (MIRV) tashish uchun oʻzgartirilgan. Har bir raketa 4 tagacha jangovar kallakni olib yurishga qodir, deb hisoblanmoqda, ammo maksimal sigʻim qancha ekanligi haqida maʼlumot mavjud emas[7].

RS-24 hozirgi RT-2PM2 Topol-M dan ogʻirroq raketa boʻlib, baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 10 tagacha mustaqil nishonga olinadigan jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin[9]. 2007-yilgi sinovlar Qoʻshma Shtatlar Yevropada joylashtirmoqchi boʻlgan raketa qalqoniga javob sifatida eʼlon qilingan[10][11].

Rossiya hukumati tomonidan taʼkidlanganidek, hozirgi va potentsial raketaga qarshi tizimlarni magʻlub etish uchun moʻljallangan[12], ICBM birinchi marta 2007-yil 29-may kuni GMT bilan soat 11:20 da Rossiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Plesetsk kosmodromida mobil ishga tushirish moslamasidan uchirilgan va uning sinov jangovar kallaklari taxminan 5,750 km (3,573 mi) uzoqlikdagi nishonga tushgan[13][14].

Plesetskdan Kura sinov poligoniga ikkinchi parvoz 2007-yil 25-dekabrda GMT bilan soat 13:10 da amalga oshirilgan. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangan[15].

Joylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil iyun oyida Moskva issiqlik texnologiya instituti bosh konstruktori Yuriy Solomonov RS-24 Topol-M raketasining takomillashtirilgan MIRV ishlanmasi ekanligini eʼlon qilgan[16][17].


2009-yil 10-oktabrda ITAR-TASS xabarida yangi SRF qoʻmondoni general Andrey Shvayenko 2009-yil dekabrida mavjud RT-2PM2 Topol-M (RS-12M2) raketa majmuasini qoʻllab-quvvatlaydigan RS-24 ning joylashtirilishini tasdiqlagan[18][19].

AQSh Milliy havo va kosmik razvedka markazi NASIC har doim Yars shunchaki Topol M boʻlib, START shartnomasini buzgan deb hisoblardi, bu Mod 2 belgisida ham, SS-27 Mod 1 va Mod 2 ni koʻrsatuvchi rasmlarda ham aks ettirilgan.

  1. „Ballistic and Cruise Missile Threat“. Defense Intelligence Ballistic Missile Analysis Committee (2017).
  2. CSIS Missile Threat – SS-29 (RS-24 „Yars“)
  3. https://www.globalsecurity.org/wmd/world/russia/rs-24.htm
  4. Today, Military. „Yars Intercontinental ballistic missile“. Qaraldi: 2017-yil 28-may.
  5. Bilyana Lilly. Russian Foreign Policy toward Missile Defense: Actors, Motivations, and Influence. Lexington Books, 21 August 2014 — 92-bet. ISBN 978-0-7391-8385-4. 
  6. „RS-24 Yars (SS-27 Mod 2)“.
  7. 7,0 7,1 Kristensen, Hans. „Russian ICBM Force Modernization: Arms Control Please!“. Federation of American Scientists (2014-yil 7-may).
  8. „Russian Official Boasts of New ICBM“. The Guardian. 2007-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-may.
  9. Sweeney, Conor. „Russia seeks new missiles due to U.S. shield plans“. Reuters (2008-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 14-mart.
  10. Luke Harding. „Russian missile test adds to arms race fears“. The Guardian (2007-yil 30-may). Qaraldi: 2011-yil 15-fevral.
  11. „Russian missile test new warning over US shield“. Gulf Times (2007-yil 31-may). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 31-may.
  12. „BBC NEWS - Europe - Russia blames US in missile row“ (2007-yil iyun). Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.
  13. „Russia Tested Satan Successor“. Kommersant. 2007-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-may.
  14. „BBC NEWS - Europe - Russia tests long-range missile“ (2007-yil 29-may). Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.
  15. „Russia successfully tests intercontinental missile“. spacewar.com. Space War Report (2007-yil 25-dekabr).
  16. „Vpk-news.ru“. 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-oktyabr.
  17. „АРМС-ТАСС“ (ru). Armstass.su. 2011-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „нПСФХЕ: аНЕБНИ ЯНЯРЮБ пЮЙЕРМШУ БНИЯЙ НАМНБЪР МЮ 80 ОПНЖЕМРНБ“. Lenta.ru. Qaraldi: 2011-yil 4-oktyabr.
  19. „Вести.Ru / Vesti.ru“ (2010-yil 19-iyul). 2012-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan.