Qurt
Qurt — kapalaklarning lichinkalik davri. Chuvalchangsimon tanasi bosh, 3 ta koʻkrak va 10 ta qorin boʻgʻimlaridan tashkil topgan; kaftida ilgaklari bor, 1—5 juft qorin oyogʻi (1—2 juftdan boshqasi) qorin boʻgʻimlariga joylashgan. Odimchilar Q.i ikki juft oxirgi qorin oyoqlariga ega; boshqa baʼzi kapalaklar Q.ida koʻpincha qorin, ayrimlarida esa koʻkrak oyoqlari ham boʻlmaydi. q. boshida yaxshi rivojlangan paypaslagichli ustki va pastki lab, juft jagʻlardan tashkil topgan kemi-ruvchi tipdagi ogʻiz apparati bor; boshining yon tomonlarida 6 tadan oddiy koʻzchalar joylashgan. Har poʻst tashlash davrida bosh gʻilofi ham alma-shinadi; biroq gʻilof kengligi oʻzgarishsiz qoladi; unga qarab qurtlar yoshini aniqlash mumkin. Pastki labda joylashgan yigiruvchi gʻudda uchiga ipak ajratuvchi bez yoʻllarining ochilganligi Q. uchun xos Q., asosan, oʻsimlikxoʻr boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri oʻsimlik sirtida yoki toʻqimalar ichida oziqlanadi. Koʻpgina turlari ekinlar zararkunandasi (mas, gʻoʻza tunlami, kuzgi tunlam, undov tunlami, karadrina qurtlari), baʼzilari foydali (tut ipak qurti va boshqalar).
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |