Qunduzsoqi
Qunduzsoqi (1840/41, Sharqiy Buxoro Baljuvon bekligi hududi — 1910, Qizilmozor muzofoti Dastori qozi qishlogʻi) — soqi. "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlarning 64 tasini, jumladan: "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Goʻroʻgʻlining Gurjistonga borib, Avazxonni olib kelishi", "Yunusparining Bogʻi Eramga sayrga chiqishi", "Bogʻbonning Goʻroʻgʻliga arz qilishi", "Avazning suv parisini olib keli-shi", "Gʻordan bir qoʻlning koʻrini-shi", "Avazxonning Chambildan arazlab, ota yurti Dogʻistonga ketishi", "Goʻroʻgʻlining Sanam va Gavhar no.mli qizlari", "Koʻktemir", "Avazxon va Qorakoʻz", "Avazning Girdob koʻliga safari", "Guloyimpari", "Nura-li" va boshqa dostonlar va xalq qoʻshiqlarini mahorat bilan ijro etgan. Q. la-qaylarda soqilik maktabining asoschisi sifatida 20 ga yaqin shogirdlar yetishtirgan. Q.ning soqilik mahorati Buxoro amirigacha yetib borgan; har zamonda amir soqini Buxoroga taklif etib, "Goʻroʻgʻli" dostonini eshitib turgan. Amir bir necha marta soqini Buxoroda qolishga ham undagan, ammo soqi bu taklifni rad etgan. Q. amir va beklar oldida yuksak mavqega ega boʻlsa-da, doimo xalq orasida yurib, toʻy va maʼrakalarda xalqning xizmatini qilgan. U qatnashgan davrada yigʻilgan odamlar soqini suhbat va goʻroʻgʻlixonlikka chorlagan. Soqichilik bilan bir qatorda yigʻilganlarga pandnasihatlar aytib, muammolarni yechish yoʻlida yaxshi maslahatlar bergan.
Nasriddin Nazarov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |