Qoʻchqor Xonazarov
Qoʻchqor Xonazarov | |
---|---|
Tavalludi |
27-yanvar 1922-yil |
Vafoti |
4-yil 4-iyun (97 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Qoʻchqor Xonazarovich Xonazarov (1922.27.1, Toshkent — 2019.4.6) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari doktori (1963), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—1944). Moskva xalqaro munosabatlar institutini tugatgan (1950), KPSS MK huzuridagi Marksizmleninizm instituti (1953—59; 1971 — 1980), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti (1959—1963)da katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi falsafa kafedrasi mudiri (1964), Til va adabiyot instituti direktori (1964—1971), Falsafa va huquq instituti direktori (1980—1986), boʻlim mudiri (1995—1998). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muxarriri (1986—1988). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (1993-95; 1998-2003). Ilmiy faoliyati milliy va jahon tillari munosabatlari, milliy munosabatlar, maʼnaviyat, mafkura, madaniyat masalalariga bagʻishlangan. „Mehnat shuhrati“ ordeni (2002), „Shuhrat“ medali (1995) bilan mukofotlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 21-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 27-yanvarda tugʻilganlar
- 1922-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 4-iyunda vafot etganlar
- 2019-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari