Pedro Proença
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Pedro Proença Oliveira Alves Garcia | ||
Tavallud sanasi | 1970-yil 11-mart | ||
Tavallud joyi | Lisabon, Portugaliya |
Pedro Proensa Oliveyra Alves Garsiya (1970-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — sobiq portugaliyalik futbol hakami.
Proensa bir qator eʼtiborga molik oʻyinlarni boshqargan, jumladan, Supertaça Cândido de Oliveira, Taça de Portugal finali, Taça da Liga finalini shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa chempionati finalida ishtirok etgan birinchi hakam boʻldi[1].
2006-07-yillarda u Portugaliyalik yilning eng yaxshi hakami deb topildi. U 2009-10-yilgi mavsum boshida UEFAning Elita toifasiga koʻtarilgan. 2011-yil 22-iyunda u Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan 2010-yilgi mavsumning „Eng yaxshi hakami“ deb topildi. 2013-yil yanvar oyida u IFFHS tomonidan 2012-yilning „Eng yaxshi hakami“ deb topildi[2]. Proensa 2015-yilning yanvarida hakamlik faoliyatini yakunlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Proensa 1998-yildan buyon Portugaliya ligasida hakamlik qiladi, 2003-yilda FIFA xalqaro hakamlar roʻyxatiga kiritilgan.
2003-yil 10-avgustda u Portugaliya musobaqalaridagi birinchi final oʻyini Supertaça Candido de Oliveyrada hakam boʻldi. Oʻyin Estádio D. Afonso Henriques stadionida boʻlib oʻtdi. Unda Portu va Leiria jamoalari oʻynashdi. Bir yil oʻtgach, u 2004-yilgi UEFA U-19 chempionatida uchta oʻyinni, shu jumladan Turkiya va Ispaniya oʻrtasidagi finalni boshqargan.
2004-yil dekabr oyida u UEFA kubogi doirasidagi birinchi oʻyinni, AEK Athens va Gorica oʻrtasidagi birinchi davra javob uchrashuvini boshqargan. U „Sporting“ va „Belenenses“ga qarshi oʻyinda 2007-yilgi Taça de Portugaliya finalini boshqarishga tayinlangan. Oxir-oqibat, „Sporting“ gʻalaba qozondi va Liedson oʻyindagi yagona golni kiritdi.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Proensa 2015-yilning 3-iyulida UEFA hakamlar qoʻmitasiga saylangan[3]. Oʻsha oyning oxirida 28-iyul kuni u Professional Football Leaguening yangi prezidenti etib saylandi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Archived copy“. 2012-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-iyun.
- ↑ „IFFHS: Pedro Proença eleito o melhor árbitro de 2012“ (pt). A Bola (14-yanvar 2013-yil). 18-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2013-yil.
- ↑ „Pedro Proença escolhido para o Comité de Arbitragem da UEFA“. Publico.pt. Publico (3-iyul 2015-yil). Qaraldi: 3-iyul 2015-yil.
- ↑ „Pedro Proença é o novo presidente da Liga de clubes“. Publico.pt. Publico (28-iyul 2015-yil). Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- WorldReferee.com saytida Pedro Proensa profili (Wayback Machine saytida 2012-11-30 sanasida arxivlangan)
- Worldfootball.com saytida hakam sifatidagi xususiyatlar