Oshxona (tosh davri manzilgohi)
Qiyofa
Oshxona — soʻnggi mezolit davri manzilgohi. Sharqiy Pomirdagi Mirkansuv daryosining oʻng irmogʻi havzasida, Uysu muzligi (Tojikiston)dan 12 km uzoqlikda (dengiz sathidan 4100 m balandlikda) joylashgan. Tosh qurol ishlaydigan ustaxona va manzilgoxdan iborat. 1957-yil V. A. Ranov boshchiligidagi Tojikiston FA arxeologik otryadi oʻrgangan.
O.dan mezolitdan ilk neolitga oʻtish davrini kamrab oluvchi 4 ta madaniy qatlam ochilgan. O. materiallari kvars va chaqmoqtosh qurollarga arxaik paleolit usuli bilan ishlov berilganli-gini va mikrolitlgf, nukleuslar paydo boʻlayotganligini koʻrsatadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |