Omonat
Omonat — umumiy maʼnoda: saqlashga ishonib topshirilgan, ishonchli. Bir insonning ikkinchi insonga vaqtinchalik ishonib topshirgan narsasi ham omonat hisoblanadi. Bu nomoddiy qadriyatlarni (til, madaniyat, millat) va moddiy (narsalar, ko'chmas mulk) saqlash uchun berilgan deb ham tushuniladi.
Omonat — mijozning maʼlum bir shartlar asosida bankka qoʻygan pul mablagʻlari. Omonatga pul mablagʻlarini kirim kilish miqdori, ularni saqlash muddati va maqsadi omonatning turi shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka koʻra, omonat kimning nomiga qabul qilinsa, uning nomiga omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi. Omonat nomiga boshqa shaxs mablagʻ topshirishi mumkin, bunda mablagʻ kimning nomidan topshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs omonatchi hisoblanadi. Omonatdan mablagʻlar omonatchining birinchi talabiga koʻra, toʻliq yoki qisman berilishi taʼminlanadi. Omonatchi omonatga qoʻygan mablagʻidan shaxsan oʻzi yoki ishonchli vakili orqali foydalanish huquqiga ega. Omonatdagi mablagʻlar bir yoki bir necha kishiga, shuningdek, davlatga, alohida tashkilot va korxonalarga vasiyat qilinishi mumkin. Omonat boʻyicha daromadlar foiz yoki yutuq koʻrinishida toʻlanadi. Foiz stavkasining miqdori banklar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Banklar talab qilib olinadigan, muddatli va jamgʻariluvchi omonat turlariga pul mablagʻlarini qabul qiladilar (yana qarang Depozit)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |