Kontent qismiga oʻtish

OKMK (futbol klubi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
FC OKMK Olmaliq
Toʻliq nomi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati futbol klubi
Laqabi Konchilar
Metallurglar
Asos solingan 2004 (20 yil avval) (2004)
Stadioni OKMK sport majmuasi, Olmaliq
Sigʻimi 12,000
Prezidenti Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

OKMK Olmaliq – professional futbol klubi. Olmaliqda joylashgan. Oʻzbekiston Superligasi vakili[1] Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning futzal klubi futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.

AGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi – „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan[2][3][4][5].

Tashkil etilgan dastlabki yillarda klub AGMK deb atalgan. 2004-yilda AGMK zavodi Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada taklif qabul qilindi. Debyut mavsumida AGMK oltinchi oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumda klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2007-yilgi mavsum yakunida AGMK Oʻzbekiston Birinchi ligasini 7-oʻrinda yakunladi, ammo Oliy ligada ishtirok etishi kerak boʻlgan ikki klubning moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgani uchun, olmaliqliklarga Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Oliy ligadagi debyut mavsumida klub oʻn oltita jamoa orasida oʻninchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga yoʻl oldi. Oʻsha mavsumda oltita gol urgan Litvalik Artūras Fomenka klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Olmaliq“ futbol klubi deb oʻzgartirdi. Oʻsha mavsumda „Olmaliq“ futbol klubi Oliy ligadagi oʻyinlari tarixidagi eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi – toʻrtinchi oʻrin.

2010 va 2011-yilgi mavsumda Olmaliq futbol klubi Oliy ligada oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda sakkizinchi, keyingi mavsumda esa beshinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogining finaliga chiqqan, 2013-yilda ushbu kubok sohibi boʻlgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumda oltinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda jamoa Oliy Ligada oʻz tarixidagi eng past natijani koʻrsatdi va 13-oʻrinni egalladi. 2017-mavsum olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylandi. AGMK ushbu mavsumda Oliy ligada yettinchi oʻrinni egallagan boʻlsa ham, shu yili oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[6]. 2020 va 2021-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Jamoa shuningdek, 2021-yili OCHLda debyut qilgan.

2018-yil boshida klub eski nomi – AGMKga qaytishini eʼlon qildi.

Klub prezidenti – Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)

Yillar Nomlar
2004—2008 OTMK Olmaliq
2009—2017 Olmaliq futbol klubi
2018—2023 AGMK Olmaliq
2023— OKMK Olmaliq

Mahalliy musobaqlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin D M UG O"G O Ism Gollar
2004 Pro liga 6 40 18 5 17 73 75 59 Play-off bosqichi Oʻzbekiston Aleksandr Vostrikov 14 Oʻzbekiston Rafael Fabarisov
2005 Pro liga 10 34 13 10 11 43 50 49 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Shukurullo Ashurov 15 Oʻzbekiston Rafael Fabarisov
2006 Pro liga 6 38 20 9 9 58 35 69 Play-off bosqichi Oʻzbekiston Lenur Yunusov 16 Oʻzbekiston Rafael Fabarisov
2007 Pro liga 14 38 13 9 16 57 49 48 1/16 final Oʻzbekiston Aziz Uralov 5 Oʻzbekiston Rafael Fabarisov
2008 Superliga 10 30 8 9 13 29 34 33 Yarim final Litva Artūras Fomenka 6 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2009[7] Superliga 4 30 15 3 12 50 38 48 1/8 final Oʻzbekiston Muydin Mamazulunov 12 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2010 Superliga 11 26 8 5 13 32 41 29 1/8 final Oʻzbekiston Nosirbek Otaqoʻziyev 13 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2011 Superliga 11 26 8 5 13 37 45 29 1/16 final Oʻzbekiston Muydin Mamazulunov 16 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2012 Superliga 8 26 9 4 13 39 46 31 1/8 final Oʻzbekiston Zafar Polvonov 7 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2013 Superliga 5 26 11 7 8 46 43 40 1/8 final Oʻzbekiston Zafar Polvonov 14 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2014 Superliga 6 26 8 7 11 33 38 31 1/4 final Oʻzbekiston Diyor Turopov

Tunis Chaker Zouagi

4 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2015 Superliga 6 26 12 8 10 53 49 44 1/16 final Serbiya Nemanja Jovanović 9 Oʻzbekiston Igor Shkvirin
2016 Superliga 13 30 8 2 20 40 54 26 1/8 final Oʻzbekiston Muydin Mamazulunov 6 Oʻzbekiston Igor Shkvirin

Rossiya Viktor Kumikov

2017 Superliga 8 30 12 8 10 31 32 44 1/8 final Belarus Uladzislaw Kasmynin 6 Rossiya Viktor Kumikov
2018 Superliga 10 20 7 6 7 25 23 27 Chempion Serbiya Jovan Đokić 11 Rossiya Viktor Kumikov

Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov

2019 Superliga 9 26 9 5 12 36 37 32 Ikkinchi oʻrin[8] Oʻzbekiston Zafar Polvonov 15 Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov
2020 Superliga 3 26 14 7 5 39 28 49 Ikkinchi oʻrin Gruziya Elguja Grigalashvili 7 Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov
2021 Superliga 3 26 13 8 5 34 25 47 Yarim final Ukraina Oleksandr Kasyan 6 Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov
2022 Superliga 4 26 13 5 8 44 23 44 Yarim final Italiya Martin Boakye 12 Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov
2023 Superliga 4 26 13 7 6 43 34 46 Ikkinchi oʻrin Oʻzbekiston Xurshid Gʻiyosov 9 Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov
2024 Superliga 2 26 14 5 7 40 29 47 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Xurshid Gʻiyosov 5 Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov

Xalqaro musobaqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natijalar 2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra
Musobaqa Oʻyin D M UG OʻG O
AFC Osiyo chempionlar ligasi 9 4 1 4 14 14 13
Umumiy 9 4 1 4 17 22 13

Osiyo chempionlar ligasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
16-avgust 2023-yil
Musoboqa Pld W D L GF GA
AFC Osiyo Chempionlar ligasi 11 5 1 5 17 22
Total 11 5 1 5 17 22
Mavsum Musobaqa Bosqich Jamoa Uy Safar Natija
2019 AFC Champions League 2-saralash bosqichi Tojikiston Istiqlol 4–2
Play-off bosqich Saudiya Arabistoni Al-Nassr 0–4
2021 Play-off bosqich Qatar Al Gharafa 1–0
Group A Saudiya Arabistoni Al Hilal 0–3 2–2 4
Birlashgan Arab Amirliklari Shabab al-Ahli 2–1 1–3
Tojikiston Istiqlol 2–3 2–1
2023–24 Dastlabki bosqich Ummon Al-Seeb 1–0
Play-off bosqich Qatar Al-Arabi

Stadioni – OKMK Sport majmuasi. Jamoa bu stadionda 2014-yildan buyon toʻp surmoqda[9].

Stadion tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Yangi stadiondan foydalanishidan avval Olmaliqdagi eski Metallurg stadionida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazgan. Metallurg 1960-yilda qurilgan boʻlib, 11 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bugungi kunda jamoaning yoshlar tarkibi va ayollar futbol jamoalari ushbu stadiondan foydalanmoqda. 2011-yilda klub uchun Eski stadiondan uncha uzoq boʻlmagan hududda OKMK sport majmuasi qurilishi boshlanadi[10]. Yangi Olmaliq sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol, ​​kurash uchun yopiq kortlar hamda ochiq va yopiq tennis kortlari ham mavjud. Qurilish ishlari 2014-yilning fevral oyida yakunlandi. Eski stadion saqlanib qolgan va taʼmirlanadi[11]. Butun sport majmuasi bilanYangi Olmaliq stadioni rasman OKMK Sport Majmuasi nomini oldi.

Stadionning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Ligasining 2014-yilgi birinchi hakami „Olmaliq“ – Bekobodning „Metallurg“ uchrashuvida „Olmaliq“ ning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi[12][13].

2014-yilning 27-may kuni „OKMK Sport Majmuasi“ jamoasi birinchi xalqaro oʻyinni oʻtkazdi, Oʻzbekiston – Ummon oʻrtoqlik uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlangan edi[14].

Mahalliy musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 2-orin sohibi (1): 2024
  2. 3-orin sohibi (2): 2020, 2021
  1. Chempion (1): 2018
  2. Ikkinchi oʻrin (2): 2019, 2020, 2023
  1. Chempion (1): 2013
  2. Ikkinchi oʻrin (1): 2012
  1. Ikkinchi oʻrin (1): 2019[15]
  1. Ikkinchi oʻrin (1): 2019

Klub hodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Klub prezidenti – Abdulla Xursanov

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Ism
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov
Yordamchi murabbiy Aleksandr Volkov
Murabbiy Hikmat Ergashev
Murabbiy Xayrulla Karimov
ismoniy tayyorgarlik murabbiyi Marat Axmerov
Darvozabonlar murabbiyi Murod Zuxurov[16]

Oʻyinchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 3-mart holatiga[17]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Valijon Rahimov
2  UZB HM Akramjon Komilov
3  UZB HM Sardor Rahmonov
4  UZB YH Mirjamol Qosimov
5  GEO YH Giorgi Papava
6  UZB HM Avazbek Oʻlmasaliyev
7  UZB HM Dilshod Ahmadaliyev
 ALB HJ Klejdi Daci
9  ESP HJ Rubén Sánchez
10  UZB YH Xurshid Gʻiyosov
13  UZB HM Eldorbek Begimov
14  UZB YH Azizbek Bahromov
15  UZB YH Oybek Rustamov
17  UZB YH Sardor Mirzayev
18  UZB HJ Aziz Xolmurodov
 CRO HJ Mihael Klepač
Amplua Futbolchi
20  UZB HM Islom Toʻxtaxoʻjayev
21  UZB HM Saidafzalxon Axrorov
22  UZB YH Shohrux Gadoyev
23  UZB HM Iskandar Businov
25  UZB DR Dilshod Yoqubov
27  UZB HJ Ali Abdurahmonov
28  JPN YH Arihiro Sentoku
30  UZB YH Abror Sarimsoqov
34  UZB HM Ulugʻbek Sunnatov
35  UZB DR Javohir Ilyosov
43  UZB HJ Asilbek Rahimov
55  UZB YH Abbos Umarov
77  UZB YH Nodir Abdurazzoqov
88  UZB YH Murod Ermatov
99  GEO YH Irakli Rukhadze
 UZB YH Asilbek Aysarov

Jamoani boshqargan murabbiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004—2008-yillarda Rafael Fabarisov bosh murabbiy boʻlgan. 2008-yilda klubga taniqli oʻzbek futbolchisi va intiluvchan murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoada kechgan moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng, 2016-yilda u bosh murabbiylikdan ketdi va oʻrniga asli rossiyalik, qozogʻistonning Ordabasi klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov tayinlandi. 2018-yil boshida uning oʻrnini tajribali Baxtiyor Ashurmatov egalladi. Shu yili 22-dekabrdan hozirgi kunga qadar jamoaning bosh murabbiyi – Mirjalol Qosimov.

# Murabbiy Yillar
1. Oʻzbekiston Rafael Fabarisov 2004—2008-yillar
2. Oʻzbekiston Igor Shkvirin 2008—2016-yillar
3. Rossiya Viktor Kumikov 2016—2018-yillar
4. Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov 2018-yil
5. Oʻzbekiston Mirjalol Qosimov. 2019—h. v.

Mashhur oʻyinchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxlislar, raqiblar, derbilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AGMK futbol klubi koʻplab muxlislarga ega, ular orasida shu nomdagi zavodning koʻplab xodimlari bor. Uning asosiy raqibi Toshkent viloyatining yana bir jamoasi – Bekobodning „Metallurg“ jamoasidir.

Har ikki klub yirik sanoat korxonalari – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) va Oʻzbekiston metallurgiya kombinati (Oʻzmetkombinat) sharafini himoya qilmoqda.

Ayni paytda ular Oʻzbekistonning ogʻir sanoati rivojlangan shaharlaridan biri – Olmaliq va Bekobodni ifodalaydi.

Shu bois AGMK va Metallurg jamoalari ishtirok etadigan „Metallurglar derbisi“ deb atalmish oʻzaro raqobat mamlakatimizda juda mashhur.

Ayni paytda AGMK va Metallurg muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinlarda sevimli klublariga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani birlashtirishga intilyapti.

Olmaliqliklar uzoq tarixda Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili boʻlgan Qizilqum futbol klubi (Konchilar derbisi) hamda qoʻshni Angren shahrining Angren futbol klubi bilan ham biroz raqobat tarixiga ega.

  1. „Yangi tarix yaratayotgan AGMK haqida“. 27 sentabr, 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Rasmiy sayti“. 18-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
  3. [1]Transfermarkt saytidagi sahifasi
  4. footballfacts.ru saytida
  5. wildstat.ru saytida
  6. „Архив: Чераннинг бенефиси, "бошсиз чавандоз" ва Шораҳмедовнинг алами, Ўзбекистон кубоги-2019 финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „"Ретро сурат". "Олмалиқ-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  8. „Архив: Чемпионлик йўлаги, Сергеев ва Машариповдан дубль, тўйидан олдин гол уришни хоҳлаган Сардор. "Пахтакор"га чемпионлик кубоги топширилган ўйин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  9. „Олмалиқдаги янги стадион очилиши 15 март куни бўлиб ўтади“ ((17 фев 2014). 17 фев 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil..
  10. „В Алмалыке построен современный стадион“. vesti.uz (20-yanvar 2014-yil).
  11. „У "Алмалыка" теперь новый современный стадион“. sports.uz (20-yanvar 2014-yil). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2014-yil.
  12. „Olmaliq vs. Metallurg, 2014-03-15“. soccerway (15-mart 2014-yil).
  13. „В Алмалыке открыт новый стадион“. Champioanat.asia (16-mart 2014-yil).
  14. „Сегодня состоится первая товарищеская встреча между командами Узбекистана и Омана“. sports.uz (27-may 2014-yil). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2014-yil.
  15. „Архив: Тарихда илк бор ўтказилган Ўзбекистон Лига кубогининг 8та гол урилган финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  16. „Бугалони “Пахтакор”га жўнатиб юборган ОКМКнинг янги дарвозабонлар мураббийи маълум“ (2024-yil 5-yanvar).
  17. „OKMK jamoasi tarkibi“. 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.