Oʻzbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lugʻati
Muallif(lar) |
Toʻlqin Togʻayev Gulbahor Tavaldiyeva Muyassar Akromova |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | imlo lugʻati |
Nashriyot | „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1999 |
Sahifalar soni | 368 |
„Oʻzbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lugʻati“ — oʻzbek tilining 14 000 dan ortiq soʻz kiritilgan kirill va lotin alifbolaridagi imlo lugʻati. Lugʻatni Toʻlqin Togʻayev, Gulbahor Tavaldiyeva va Muyassar Akromovalar tuzgan. Lugʻat 1999-yil Toshkent shahrida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tomonidan „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Lugʻat kirill yozuvidagi „Oʻzbek tilining izlohli lugʻati“ (1981) hamda lotin yozuvidagi „Oʻzbek tilining imlo lugʻati“ (1995) kabi lugʻatlar asosida tuzilgan.
Ushbu lugʻat kirillcha va lotincha oʻzbek alifbolarida tuzilgan boʻlib, ayni soʻz har ikki yozuvda yonma-yon berilgan. Lugʻat kirillcha-lotincha oʻzbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli, soʻzlar oʻzbek kirill alifbosi tartibida berilgan. Lugʻatning kirill alifbosidagi qismi oʻzbek kirill yozuvi boʻyicha 1956-yil 4 aprelda qabul qilingan qoidalarga, lotin yozuvidagi qismi esa oʻzbek lotin yozuvi boʻyicha 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan qoidalarga tayangan holda tuzilgan.
Lugʻatni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Karim Nazarov – maxsus muharrir, Barnobek Eshpoʻlatov – muharrir, Diana Gabdraxmanova – texnik muharrir, Xurshid Ziyoxonov – badiiy muharrir, Yulduz Bizaatova, Nozima Muhammadiyeva – musahhihlar, Mixail Samoylov – musavvir, Roza Bayazitova – komputer taʼminotchisi. Kitob adadi – 5 000 nusxa.