Oʻylar
Qiyofa
Richard Graves 1811-yilda ingliz tiliga oʻgirgan tarjimaning birinchi beti | |
Asl nomi | Nomaʼlum; nomi boʻlmagani taxmin qilinadi |
---|---|
Muallif(lar) | Marcus Aurelius |
Til | Koyne yunoncha |
Janr(lar)i | falsafa |
Oʻylar (koyne yunoncha: Τὰ εἰς ἑαυτόν; tarjimasi „Oʻzimdan oʻzimga“) — Rim imperatori, faylasuf Marcus Aurelius yozgan shaxsiy izohlar toʻplami. Asarda Aurelius stoitsizm boʻyicha oʻzi uchun yozgan fikr-oʻylari jamlangan.
Aurelius koyne yunon tilida yozilgan oʻylarini 12 boʻlimga boʻlgan. Muallif oʻylarini kitob oʻlaroq chop etishni rejalashtirmagani taxmin qilinadi. Asarning rasmiy nomi yoʻq, shuning uchun u „Oʻylar“, „Meditatsiyalar“, „Oʻzimdan oʻzimga“ va boshqa turli nomlar bilan ataladi. Toʻplamga kiritilgan oʻylar bir gapdan bir necha paragrafgacha choʻziladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Oʻylar haqida turkum mavjud |