Oʻjarlik
Oʻjarlik — atrofdagi odamlarning maslahatlari, iltimoslari, koʻrsatmalari va aqliy mushohadalariga qarshilik koʻrsatishdan iborat shaxs illati. Oʻ. odamning oʻz bilganidan qolmaslikda, shaxsiyatparastlarcha intilishida namoyon boʻladi. U gʻazab, jahl, qasos olish, koʻngil ogʻrish tuygʻulari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Odamning tashabbuskorlik, mustaqillik xislatlarining qandaydir sabablar taʼsirida poymol qilinishiga nisbatan norozilik ham Oʻ.ni keltirib chiqaradi. Oʻ. odamlar davrasida oʻzini oʻzi tan oldirish, tanitish istagiga hamohang xulq-atvor shakli. Oʻ. koʻpincha jahldor, alamzada, shijoatkor kishilarda yuzaga keladi. Bolalar va oʻsmirlarda Oʻ.ning paydo boʻlishiga asosiy sabab — turmushdagi noqulay shartsharoitlar, tarbiyaviy taʼsirning zaifligi, ularning ehtiyojlarini qondirmaslik, oʻzaro munosabatlarda qoʻpollik, hamiyatiga tegish omillari va boshqalar Ular haqhuquqlarining poymol etilishi, jismoniy va aqliy kamoloti kamsitilishi Oʻ. sari yetaklaydi. Oʻsmirlarning koʻpincha nooʻrin, asossiz qarorga kelishi feʼlatvorining illatiga aylanib qolish xavfini tugʻdiradi. Oʻ.ni bartaraf etishni shaxsning oʻzi anglab yetsa ijobiy oʻzgarish, illatni yoʻqotish imkoni yuzaga keladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |