Kontent qismiga oʻtish

Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi – akademik litsey 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2000-yil 13-martdagi 43-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan taʼlim muassasasi.

Yaratilgan sharoitlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litseyda 33 fan oʻquv xonalari, 2 kompyuter xonasi, 6 laboratoriya, 3 lingafon xonasi. Shundan 2 ta fizika, 2 ta kimyo va 2 ta biologiya fanlari uchun laboratoriya xonalari mavjud va jihozlangan. Metodik koʻrsatmalar bilan taʼminlangan. Akademik litsey oʻquv binosida 2 ta sport zali (24x12), litsey hududida tashqi futbol maydonchasi, ochiq voleybol maydoni, ochiq basketbol maydoni mavjud[1].

Qabul qilish tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litseyga xalqaro, respublika fan olimpiadalari, tanlov gʻoliblari diplom, sertifikat va boshqa da tasdiqlovchi hujjatlari asosida tanlovdan tashqari imtiyozli qabul qilinadi. Akademik litseyga kirish imtihonlari „Bilim va koʻnikmalarni baholash agentligi“ tomonidan test shaklida oʻtkaziladi.

Ta’lim muassasasida yo‘nalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ta’lim muassasasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda:

  • Aniq fanlar;
  • Tabiiy fanlar;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
  • Xorijiy tillar

2020-2021-oʻquv yilida akadmedik litseyda jami 89 ta pedagog-oʻqituvchilar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berib keldi[2].

Lavozimi F. I.O
Ijrochi direktor Kalxorazov Kutlimurat Utepbergenovich
Direktorning

oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Baltabaev Daniyar Baxtiyarovich
Direktorning oʻrinbosari (yoshlar bilan ishlash boʻyicha) Masharipova Gulimxan Joldasbaevna
Direktorning

moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Amanbaev Amanali Orazbaevich