Neva (finchaneva — botqoqlik) — RFLeningrad viloyatidagi daryo. Uzunligi 74 km, eni 1300 m gacha, havzasining maydoni (Ladoga, Onega koʻllari va boshqalarning xavzasi bilan birga) 281 ming km². Neva havzasining oʻzi 5000 km². Ladoga koʻlidan boshlanib, Boltiq dengizi Fin qoʻltigʻining Neva qoʻltiqchasiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi dare quyilish joyida 2530 m³/sek. Jan.-gʻarbiy va gʻarbiy shamollar Fin qoʻltigʻi va Nevaning quyi oqimidan suvni haydaydi, natijada suv sathi koʻtariladi va ayrim vaqtlarda Sankt-Peterburgda suv toshadi. Dek.da muzlab, aprel oxiri — may boshlarida muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: oʻngdan — Oxta; chapdan — Ijora, Tosna, M ga. Neva daryosi Rossiyadagi eng yirik suv magistrallaridan biridir[1]. Nevada kema qatnaydi: Neva Volga—Boltiq suv yoʻlining bir qismi hisoblanadi. Nevaning deltasidagi 42 ta orolda Sankt-Peterburg shahri joylashgan.[2]